Dzyudo bo‘yicha Toshkent Gran-prisi ikkinchi kun bahslari davom etmoqda. -81 kg vaznda ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik Sharofuddin Boltaboyev ikkinchi davrada xitoylik raqibi R.Naini ikki soniyada taslim etdi.
Ma’lumot uchun, 21 senyabr Toshkent Gran-prisining ikkinchi kunida erkaklar -73, -81, ayollar -63, -70 kgda bahslarga kirishdi. Turnirning birinchi kunida o‘zbekistonlik ikki sportchi shohsupaga ko‘tarilgan edi.