“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 15:31
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston yoshlari o‘rtasida dzyudo ommalashtiriladi

21 sen, 09:10 2 374 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston yoshlari o‘rtasida dzyudo ommalashtiriladi O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligida Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlikda ma’lum qilindi.

Xorijiy delegatsiya tarkibiga IJF media direktori va Judo for Peace komissiyasi direktori Nikolas Messner, “Bolalar uchun dzyudo” loyihasi vakili Ester Stam kirgan. Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi bosh kotibi Doniyor Ilhomov ham ishtirok etgan.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov va IJF vakillari O‘zbekiston yoshlari orasida dzyudo sport turini ommalashtirish masalalarini muhokama qilishdi.

Uchrshuvda O‘zbekistonda sportning rivojlanishi uchun katta ahamiyat berilayotgani va maktablarda sport bilan shug‘ullanish madaniyatini shakllantirish lozimligi ta’kidlab o‘tilgan.

IJF vakillarining ta’kidlashicha, dzyudochi or-nomus kodeksi xushmuomalalik, jasurlik, samimiylik, to‘g‘riso‘zlik, kamtarinlik, o‘zini nazorat qila bilishlik, do‘stlarga sadoqatli bo‘lish, yon-atrofdagilarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish kabi ijobiy sifatlarni o‘z ichiga oladi.

Uchrashuv davomida “Bolalar uchun dzyudo” loyihasini kengaytirish masalalari ham muhokama qilingan. O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi bilan amalga oshirilayotgan loyiha O‘zbekistonning turli hududlaridagi 20 ta maktabni o‘z ichiga qamrab olgan. Bu maktablarda dzyudo seksiyalari ochilib, u yerda 900 o‘quvchi mashq qiladi. IJF bu maktablarga bepul tatami va kimonolar taqdim qilgan, shuningdek, murabbiylarning ish haqi bo‘yicha sarf-xarajatlarni qoplaydi.

Xalq ta’limi vazirligi va O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi IJF ko‘magida loyihada ishtirok etuvchi maktablar sonini 40 taga yetkazmoqchi. Shu munosabat bilan tomonlar yoshlar o‘rtasida dzyudoni maktablarda sport seksiyalari tashkil etish bilan ilgari surish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqib, qabul qilishga kelishib olishdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 1
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 7
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 41
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 26
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 38
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 26
  • So'nggi yangiliklar
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 1
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 0
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 1
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 7
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 7
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 41
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 42
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 26
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 38
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 26
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 74
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 44
  • Bo‘limlar