“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 20:39
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston yakka sayyohlar uchun eng xavfsiz davlatlar qatoridan joy oldi

21 sen, 00:15 2 295 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston yakka sayyohlar uchun eng xavfsiz davlatlar qatoridan joy oldi Sayohatlar uchun mo‘ljallangan Wegoplace onlayn-servisi 2019 yilda yakka sayyohlar uchun eng xavfsiz hisoblangan davlatlar reytingi Solo Travel Safety Report 2019’ni e’lon qildi.
Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Adbuhakimov Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
E’tiborlisi, O‘zbekiston ushbu reytingning yetakchi beshtaligidan joy oldi.

Hisobot 142 ta davlat vakillaridan bir necha mezon bo‘yicha so‘rovnoma asosida tuzilgan. Ularga tungi shahar bo‘ylab sayr vaqtida o‘zlarini qanchalik xavfsiz his qilishlari, mahalliy politsiyaga qanchalik ishonishlari va biror hujum yoki talonchilikka uchraganlari haqida savollar berilgan.

Natijalar esa eng yuqori xavfsizlik indeksiga Singapur (97 birlik) egaligini ko‘rsatgan. Undan keyingi o‘rinlarni Norvegiya, Islandiya va Finlyandiya egallagan, ulardan har birining xavfsizlik indeksi 93 birlikni tashkil qilgan. 5-o‘rinni esa 91 birlik bilan O‘zbekiston egallagan.

Undan keyingi o‘rinlarni Hongkong (91), Shveysariya (91), Kanada (90), Indoneziya (89) va Daniya (88) egallagan.

Davlatlar hisobotda 4 darajali xavfsizlik sxemasi bo‘yicha baholangan: 1-guruhga safar uyushtirish eng xavfsiz bo‘lgan, 4-guruhga esa borish qat’iyan tavsiya qilinmaydigan davlatlar kiritilgan.

O‘zbekiston 1-guruhga, ya’ni yakka sayyohlar o‘zlarini xavfsiz his qiladigan davlatlar qatoriga kiritilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 141
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 34
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 238
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 121
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 231
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 64
  • So'nggi yangiliklar
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 2
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 10
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 33
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 40
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 141
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 34
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 62
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 38
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 238
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 309
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 58
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 221
  • Bo‘limlar