“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 14:41
ЎЗO‘Z

Azamat Abduraimov: "O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasida yoshi katta futbolchilar bor edi..."

12 sen, 18:24 2 995 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Azamat Abduraimov: "O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasida yoshi katta futbolchilar bor edi..." O‘zbekiston U-16 terma jamoasi 18-22 sentyabr kunlari Toshkentda Osiyo chempionati saralash bosqichida ishtirok etadi.
Vakillarimizga Hindiston, Bahrayn va Turkmaniston o‘smirlari raqiblik qilishadi.
Terma jamoamiz ustozi Azamat Abduraimov ushbu saralash bahslaridan oldin bir qator savollarga javob berdi.

- So‘nggi yillarda O‘zbekiston yoshlar va o‘smirlar terma jamoalari xatto Osiyo chempionatiga ham chiqa olishmayapti. Shu bois sizning jamoaingizda bosim bormi?
- Bizdan oldingi o‘smirlar terma jamoasi Osiyo chempionatiga chiqa olmagani tufayli hozir biz saralash bahslarida 2-savatchadan joy oldik. Hindiston 1-savatchadagi jamoa bo‘lib guruhimizdan joy olgan. Aynan ular guruh favoriti hisoblanadi. Boshqa tomondan olib qaraganda agar oldingi o‘smirlar terma jamoasi Osiyo chempionatiga chiqa olishganida biz faqat shu yil boshida yig‘ilardik. Qit’a chempionatiga chiqa olishmagani tufayli bizning jamoa o‘tgan yil tashkil etildi va tayyorgarlik uchun ko‘proq vaqt bo‘ldi. Bu davr mobaynida men terma jamoaga nomzod bo‘lgan deyarli barcha futbolchilarni kuzatdim.

Terma jamoamiz Osiyo chempionatiga chiqish vazifasini bajarishimiz kerak. Shogirdlarim bunga tayyorlar. Maqsadimiz - guruhda birinchi o‘rinni olib qit’a chempionatiga chiqish. Oldingi va hozirgi O‘FA rahbariyati faqat maksimal vazifalar qo‘ymoqda. Eng oliy maqsad esa Jahon chempionati. Balki bizda Yestafeyev jamoasida bo‘lgani kabi yorqin yulduzlar yo‘qdir, ammo jamoaviy o‘yin evaziga natijaga erishishga harakat qilamiz. Dushanbe va Moskvadagi musobaqalarda yigitlarda xarakter borligini ko‘rdik.

- Moskvada o‘tgan “Star Way” xotira turnirining ikkinchi turida Serbiya bilan o‘yinda hakam sizga qizil kartochka ko‘rsatdi. O‘sha vaziyatda nima sodir bo‘lgandi?
- Afsuski o‘smirlar futbolida hakamlik yaxshi darajada bo‘lmaydi. Sababi endi hakamlikni boshlayotgan yoshlar ishlashadi. Serbiya bilan o‘yinda bosh hakam meni chetlatdi. Serblar jismonan baquvvat shu bois juda keskin o‘ynashadi. Raqib futbolchisi qoida buzganida butun murabbiylar shtabimiz bunga e’tibor qaratishni so‘radi. Bosh hakam oldimga yugurib keldi va zaxira hakamining gapiga ko‘ra menga qizil kartochka ko‘rsatdi. E’tiborlisi shundan keyin bu qarori xato bo‘lganini sezgan shekilli serbiyalik ikki futbolchiga qizil kartochka ko‘rsatdi.

Chetlatish tufayli so‘nggi turda Rossiya bilan o‘yinda zaxira o‘rindig‘ida o‘tira olmadim. Albatta bu narsa bizga pand berdi. Sababi ruslar ikkinchi taymda 10 kishi bo‘lib qolishdi, ularning darvozaboni chetlatilgandi. Raqib kamchilikda qolganida qanday harakat qilishni, qanday taktik o‘zgarishlar kerakligini men vaqtida yordamchilarimga yetkazib bera olmadim va o‘yin 0:0 hisobida tugadi. Agar o‘shanda zaxira o‘rindig‘ida bo‘lganimda balki Rossiyani ham mag‘lub eta olarmidik.

- Yozda Dushanbeda Tojikiston bilan o‘rtoqlik uchrashuvida 0:4 hisobida yutqazib qo‘yganimizdan keyin siz raqib safida yoshi katta futbolchilar bor deb aytgandingiz. Shunda o‘zbek futbol muxlislari orasida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasida ham bundaylar borku deganlar ko‘p bo‘ldi. Mana shu muxlislarga nima deysiz?
- Tojikiston o‘smirlar terma jamoasida yoshi katta futbolchilar borga o‘xshadi degandim. O‘tgan yil Toshkentda ushbu jamoa CAFA musobaqasida ishtirok etgandi. O‘shanda biz Tojikistonni 3:0 hisobida mag‘lub etgandik. Bu yil Tojikiston o‘smirlari safida o‘tgan yil Toshkentga kelgan futbolchilarni deyarli ko‘rmadim. Oddiy odam tashqaridan qaraganda yoshi katta futbolchi ekan deb o‘ylaydi. Menda ham shunday bo‘ldi, ular ko‘rinishidan va jismoniy tomonlama 16 yoshga o‘xshamadi.

O‘zbekistonda oldin ham hozir ham o‘z yoshidan katta futbolchilar bor va bo‘lgan. Bunday narsa butun dunyoda bor. Eron, Tojikiston va ayniqsa Afg‘oniston o‘smirlar terma jamoasida bunday futbolchilar juda ko‘p. Qaytaraman bu shunchaki mening fikrim, buni rasman tasdiqlay olmayman. O‘zingiz ham futbolchilarga qarasangiz yoshi katta deb o‘ylaysiz.

O‘FA ancha yillardan buyon yoshi kichiklashtirilgan futbolchilarga qarshi kurashib kelmoqda, ularni topib jazoladi ham. Demak bizda ham bunday illat mavjud. Tan olib aytaman bizning jamoada ham bunday futbolchilar bor edi, tekshiruvlar natijasida ularni aniqladik hamda terma jamoadan chetga chiqardik. Ayni paytda men boshchiligimdagi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasida yoshi kichiklashtirilgan futbolchilar qolmagan.

Manba: championat.asia
Azamat Abduraimov, o‘smirlar, terma jamoa




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 110
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 103
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 48
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 174
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 130
  • O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi? 01 мая, 18:53 136
  • So'nggi yangiliklar
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 10
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 21
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 14
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 15
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 109
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 155
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 58
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 20
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 124
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 94
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 132
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 100
  • Bo‘limlar