“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 20:34
ЎЗO‘Z

JCh-2022 saralash. 2-turdan keyin barcha guruhlardagi vaziyat

12 sen, 15:13 4 822 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
JCh-2022 saralash. 2-turdan keyin barcha guruhlardagi vaziyat 10 sentyabr kuni JCh-2022 saralash bosqichining ikkinchi raund 2-tur bahslari o‘tkazildi.
Kechagi o‘yinlarning e’tiborga molik jihati, qur’a jarayonida birinchi savatchadan joy olgan kuchli jamoalarning kurashga qo‘shilgani bo‘ldi. Jahon chempionatiga borishga asosiy da’vogarlardan Xitoy, Avstraliya, Eron, Yaponiya, BAA va Janubiy Koreya ilk turni g‘alaba bilan boshlagan bo‘lsa, Saudiya Arabistoni durang qayd etdi. Shuningdek, Qatarning o‘z maydonida Hindistonni yenga olmagani ham kutilmagan natija bo‘ldi.

"A" guruhi
Guam – Filippin 1:4
Maldiv – Xitoy 0:5
Guruhdagi har ikki uchrashuvda yirik hisob qayd etildi. Xitoy Maldiv uyiga safar uyushtirib 5:0 hisobida zafar quchgan bo‘lsa, Filippin Guamdan 4:1 hisobida ustun keldi. Darvoqe xitoyliklar safida Elkeson o‘z hisobiga ikkita gol yozib qo‘ydi. Xitoy birinchi urinishdayoq guruh peshqadamiga aylanib oldi.

Keyingi uchrashuvlar:
10 oktyabr. Xitoy - Guam; Suriya - Maldiv

"B" guruhi
Xitoy Taypeyi – Nepal 0:2
Quvayt – Avstraliya 0:3
Avstraliya Quvaytga hech qanday imkoniyatni qoldirmadi va 3:0 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvda Mettyu Leki dublga erishdi. Quvaytda kechgan bahsni stadionda 12 mingga yaqin tomoshabin kuzatib bordi. Guruhdagi ikkinchi o‘yinda Nepal Xitoy Taypeyidan ustun keldi.

Keyingi uchrashuvlar:
10 oktyabr. Avstraliya - Nepal; Iordaniya - Quvayt

"C" guruhi
Kambodja – Bahrayn 0:1
Gonkong – Eron 0:2
Eron terma jamoasiga Sardor Azmun va Karim Ansarifad tomonidan kiritilgan gollar Gonkong ustidan 2:0 hisobidagi g‘alabani taqdim etdi. Kambodja maydoniga safar qilgan Bahrayn esa 1:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytdi. Qizig‘i shundaki, Kambodjadagi "Olimpik" stadionida kechgan bahsni 45 ming tomoshabin kuzatib bordi.

Keyingi uchrashuvlar:
10 oktyabr. Eron - Kambodja; Iroq - Gonkong

"D" guruhi
Singapur – Falastin 2:1
Yaman - Saudiya Arabistoni 2:2
O‘zbekiston terma jamoasi joy olgan guruhda ham vaziyat qizg‘in tus olmoqda. 1-turda bizni yutgan Falastin navbatdagi uchrashuvda imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Guruhdagi eng kuchli raqib sifatida qaralayotgan Saudiya Arabistoni esa Yaman bilan durang o‘ynadi. Keyingi turni milliy terma jamoamiz Toshkentda Yamanga qarshi o‘tkazadi.

Keyingi uchrashuvlar:
10 oktyabr. Saudiya Arabistoni - Singapur; O‘zbekiston - Yaman

"E" guruhi
Afg‘oniston – Bangladesh 1:0
Qatar – Hindiston 0:0
1-turda Afg‘onistonni 6:0 hisobida mag‘lub etgan Qatar bu turda kutilmaganda Hindiston bilan 0:0 o‘ynadi. To‘g‘ri, qatarliklar murabbiyi asosan ikkinchi tarkibni tushirdi, shunga qaramay amaldagi Osiyo chempionidan ko‘pchilik g‘alaba kutgandi. Fashad Nur tomonidan kiritilgan gol Afg‘onistonga kichik g‘alabani taqdim etdi.

Keyingi uchrashuvlar:
10 oktyabr. Bangladesh - Qatar; Ummon - Afg‘oniston

"F" guruhi
Mo‘g‘uliston – Tojikiston 0:1
Myanma – Yaponiya 0:2
Bu guruhda Tojikiston ketma-ket ikkinchi g‘alabasini nishonlab, birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Usmon Toshev shogirdlari navbatdagi bahsni ham 1:0 hisobida yakunlashdi. Yaponiya esa safarda Myanmani mag‘lub etdi. Myanmadagi stadionga 25 mingdan ziyod muxlis tashrif buyurdi.

Keyingi uchrashuvlar:
10 oktyabr. Yaponiya - Mo‘g‘uliston; Qirg‘iziston - Myanma

"G" guruhi
Indoneziya – Tailand 0:3
Malayziya – BAA 1:2
BAA saralash o‘yinlarini qiyin g‘alaba bilan boshladi. Malayziyalik futbolchilar 1-daqiqadayoq hisobni ochishdi, biroq taym tugashiga ikki daqiqa qolganida Ali Mabxut hisobni tenglashtirdi. Keyinchalik Ali Mabxut yana gol urib jamoasiga ilk uch ochkoni keltirdi. Indoneziya maydoniga safar uyushtirgan Tailand yirik 3:0 hisobidagi g‘alabani tantana qildi.

Keyingi uchrashuvlar:
10 oktyabr. BAA - Indoneziya; Vetnam - Malayziya

"H" guruhi
Turkmaniston - Janubiy Koreya 0:2
Shri Lanka – KXDR 0:1
Va nihoyat "H" guruhida ikkita koreys jamoasi g‘alabaga erishdi. Janubiy Koreya safarda yon qo‘shnimiz Turkmanistonni mag‘lub etgan bo‘lsa, shimolliklar Shri Lankani kichik hisobda mag‘lub etib qaytishdi. Ashxobodda kechgan bahsni 26 ming tomoshabin stadionda kuzatib borgani ham e’tiborga molik.

Keyingi uchrashuvlar:
10 oktyabr. Janubiy Koreya - Shri Lanka; Livan - Turkmaniston

Eng yaxshi ikkinchi o‘rin egalari bo‘yicha vaziyat qanday?
Ma’lumki, mazkur saralash bosqichida Osiyodan 40ta davlat qatnashmoqda. Musobaqa reglamentiga ko‘ra, har bir guruh g‘oliblari (8ta) va eng yaxshi ko‘rsatkich qayd etgan 4ta ikkinchi o‘rin egalari (jami 12ta jamoa) keyingi bosqichga yo‘l oladi. Dastlabki ikkita tur natijalaridan so‘ng Suriya, Avstraliya, Eron va Yaponiya eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lib turishibdi.


Manba: championat.asia
JCh-2022, saralash, guruhlar




Mavzuga oid yangiliklar
  • Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi 30 apr, 17:21 93
  • Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi 30 apr, 16:46 82
  • Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi 30 apr, 09:15 207
  • U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi! 30 apr, 00:43 381
  • Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor" 30 apr, 00:32 371
  • Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda? 30 apr, 00:03 765
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 0
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 1
  • Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi 30 apr, 19:13 11
  • Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi 30 apr, 18:50 63
  • Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi 30 apr, 18:28 20
  • Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat 30 apr, 18:02 35
  • Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi 30 apr, 17:39 80
  • Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi 30 apr, 17:21 93
  • NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik” 30 apr, 17:00 116
  • Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi 30 apr, 16:46 82
  • Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi 30 apr, 16:27 44
  • Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi 30 apr, 16:05 17
  • Bo‘limlar