“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 17:35
ЎЗO‘Z

UFC prezidenti Nurmagomedovning keyingi raqibi kim bo‘lishini ma'lum qildi

08 sen, 12:55 3 529 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
UFC prezidenti Nurmagomedovning keyingi raqibi kim bo‘lishini ma'lum qildi UFC prezidenti Deyna Uayt UFC 242 musobaqasi asosiy jangi g‘olibi Xabib Nurmagomedov endi kimga qarshi oktagonga chiqishini ma'lum qildi.

«Toni Fergyuson — Xabib uchun keyingi raqib. Albatta, u (Fergyuson) rozi bo‘lsa. Ko‘ramiz, Xabib qachon qaytishga tayyor bo‘larkan. Agar Fergyuson rozi bo‘lsa, Xabib uchun navbatdagi jangi u bilan bo‘ladi. Toniga shunday imkoniyat allaqachon taklif etilgan.

Ammo Toni istamasa yoki ishlar ko‘ngildagidek ketmasa raqib Konor bo‘lishi ham mumkin.
Konor revansh olishni istamoqda. Ishonamanki, fanatlarga bunday jangni ko‘rish juda qiziq bo‘lardi», — deydi Uayt.

Rossiyalik jangchi 8 sentyabrga o‘tar kechasi Abu-Dabida amerikalik Dastin Poreni uchinchi raundda bo‘g‘ish usuli bilan mag‘lub etib, ikkinchi marta chempionlik kamarini himoya qildi.

Toni Fergyuson 12 g‘alabadan iborat seriya qayd etmoqda. U faoliyatida jami 25 g‘alabaga erishib, 3 marta mag‘lub bo‘lgan. Xabib Nurmagomedov esa 28 marta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan.
Xabib Nurmagomedov, Toni Fergyuson




Mavzuga oid yangiliklar
  • Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi 30 apr, 17:21 0
  • Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi 30 apr, 16:46 2
  • Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi 30 apr, 09:15 181
  • U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi! 30 apr, 00:43 359
  • Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor" 30 apr, 00:32 355
  • Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda? 30 apr, 00:03 695
  • So'nggi yangiliklar
  • NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik” 30 apr, 17:00 1
  • Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi 30 apr, 16:46 0
  • Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi 30 apr, 16:27 0
  • Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi 30 apr, 16:05 0
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 14
  • Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi 30 apr, 15:15 13
  • Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi 30 apr, 14:49 51
  • AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi 30 apr, 14:37 22
  • O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin 30 apr, 13:10 64
  • Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi 30 apr, 12:33 60
  • Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi 30 apr, 12:12 32
  • Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi 30 apr, 11:53 66
  • Bo‘limlar