“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 18:39
ЎЗO‘Z

Xavotirimizni oshirgan, har tomonlama yutqazgan Ektor Kuper, Ahmedovga ta’timagan yubiley o‘yin haqida

06 sen, 22:50 3 351 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xavotirimizni oshirgan, har tomonlama yutqazgan Ektor Kuper, Ahmedovga ta’timagan yubiley o‘yin haqida Jahon chempionati saralash bahslarini yaxshi niyatda kutdik. Alamlisi, doim kutamiz. Kutganimizga yarasha natija bo‘lmasa-da, umid ila qaraymiz. Bu gal ham shunday, afsuski shunday.

Futbolimiz tarixida 5 sentyabr qora kunga aylanmoqda. Avvalgi jahon chempionati saralashining oxirgi o‘yinini aynan shu sanada o‘tkazganmiz. Bu barchaning yodida. Janubiy Koreya tarixidagi eng kuchsiz jamoani yurtimizda yuta olmaganimiz alam bilan esga olinadi. Rossiyalik taniqli sharhlovchi Konstantin Genich uchrashuvni sharhlagandi va o‘zi bilan birga termamizni yurtiga olib ketmoqchi bo‘lgandi. Biroq biz bitta gol ham ura olmaganmiz.

Bu safarchi? Bu safar ham saralash bahslarini sun’iy qoplamali maydonda boshladik. Raqibga 2 ta to‘p farqi bilan yutqazdik. O‘shanda terma jamoamizda murabbiy almashgandi. E’tiborlisi, Falastin – O‘zbekiston uchrashuvini sharhlab borgan Xayrulla Hamidov avvallari Ektor Kuper shaniga iliq fikrlar bildirardi. Hozir esa uning ham fikri o‘zgardi. Buni sharh davomida bildik, eshitdik.

Odil Ahmedovga ta’timagan yubiley o‘yin. Ahmedov terma jamoamiz safida 100-o‘yinini o‘tkazdi. Tarixga kirdi. Ammo omadsiz chiqdi. Uchrashuvda Ahmedovda qulay imkoniyat bo‘ldi. Biroq uning o‘zi foydalana olmadi. Aksi bo‘lganda, hisob bunday ko‘rinish olmagan va o‘z yubileyi uchun o‘zi sovg‘a taqdim etardi.

Umuman olganda, futbolchilar jon kuydirishmadi. Birorta o‘yinchi yutqazayotgan jamoa vakiligi o‘xshamasdi. Ularning harakatlarini ko‘rgan tomoshabin bizga bu o‘yin natijasi ahamiyatsiz ekanda degan hayolga borishi turgan gap.

Shu kuni futbolchilarning bu harakatlaridan yana bir taxminga keldik. U ham bo‘lsa ish tashlash. Futbolchilar murabbiyning uslubiga ko‘nika olmayotganini birinchi kundanoq aytishgandi. Jumladan Odil Ahmedov. Bu mavzu juda ko‘p muhokama qilingan. O‘FAning avvalgi rahbariyati va vakillari Kuperni oqlash uchun juda harakat qilishgan. Debatlar uyushtirishgan. Ular Kuperni asoslash uchun o‘zlariga 2 ta jihatni belgilab olishgandi. Biri terma jamoamizga keladigan murabbiy xorijdan bo‘lishi va ikkinchi o‘sha mutaxassis avvalgi termasi bilan jahon chempionatiga chiqqan bo‘lishi kerakligi.

Ho‘p, shu talablarga mos kelgandir. Lekin buni ulardan boshqa barcha qabul qilmadi. Nega? Chunki Kuper zamonaviy futbolning odami emas. U yaqin yillar ichida biror bir karomat ko‘rsatmagan. Taktik jihatdan no‘noq ekanligini Falastinga qarshi bellashuvda ham ko‘rdik.

Eng yomoni biz futbolni qanday o‘ynash kerakligini Falastindan o‘rganishimizga to‘g‘ri kelmoqda. Qarang qanday kunlarga qoldik. Qarshi hujumda bizga o‘rnak bo‘lgan Falastin. Bizga biror marta ham gol urmagan Falastin 2 marta darvozamizni chiroyli tarzda ishg‘ol etdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi. Yutqazayotganimizda translyatsiya rejissyorlari bot-bot hech narsa qila olmayotgan Ektor Kuperni namoyish etishdi. Ularga rahmat. Ayrimlarga shunday paytda oddiy raqibga qarshi uchrashuvda ham hech narsani o‘zgartira olmayotgan janob Kuperni ko‘rsatib berishdi. Futbolimizning oldingi rahbarlari qilgan xatolar hali ko‘p zararimizga ishlamasa edi.

Umid qilamizki, ayni paytda amalda ishlarni qilayotgan O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov futbolni tushunadigan va hozirgi bo‘layotganlarni ko‘rib turgan inson. Ektor Kuper masalasiga kech bo‘lmasdan bir qarorga kelsalar ayni muddao bo‘lardi. To‘g‘ri, Kuperga javob berish oson emas. Avvalgi rahbariyat tuzgan shartnoma shartlari bunga to‘sqinlik qilar. Chunki yaqindagina O‘FA vakillarining Kuperga mahalliy murabbiylardan birini yordamchi qilib oling degan taklifiga yo‘q deya javob bergan. To‘g‘ri, Superliganing ayni qizg‘in pallasida Afrika millatlar ligasida ekspertlik qilgan, so‘ng mehnat ta’tilida bo‘lgan mutaxassis o‘zining bunday “qobiliyat”larini birovga o‘rgatgisi kelarmidi?!

Nima bo‘laganda ham Ektor Kuper borasida havotirlarimiz yana-da oshdi. Eng yomoni u yurtimizga kelganida ham ortiqcha quvonmagandik. Asosiy pallada avvalgi xatolarimiz pand bermasligiga juda ishongimiz keladi.
Manba: Sports.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 87
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 70
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 178
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 83
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 114
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 44
  • So'nggi yangiliklar
  • “Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi 28 apr, 18:00 1
  • Shvetsiyada ayol politsiya himoyasida Qur’onni yoqib yubordi (video) 28 apr, 17:43 1
  • Falastin prezidenti: “Isroilning Rafahdagi amaliyoti yaqin kunlarda boshlanadi” 28 apr, 17:20 12
  • Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi 28 apr, 16:33 73
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 28
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 41
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 86
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 43
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 140
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 71
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 70
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 178
  • Bo‘limlar