“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 03:37
ЎЗO‘Z

Nikimbayev: «Navbahor»dagi murabbiylar beqarorligi «sahna orti fitnalari» bilan bog‘liq»

30 avg, 23:43 2 681 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nikimbayev: «Navbahor»dagi murabbiylar beqarorligi «sahna orti fitnalari» bilan bog‘liq» Namanganning «Navbahor» klubidagi murabbiylarning tez-tez almashishi «sahna orti fitnalari» va uzoq muddatli rivojlanish strategiyasining yo‘qligi bilan bog‘liq, deb yozadi futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, klub og‘ir damlarni boshidan o‘tkazmoqda. Buni so‘nggi 10 oyda 3 nafar murabbiyning almashishi ham tasdiqlayapti. 28 avgust kuni klub Andrey Kanchelskisni qaytganini e’lon qildi. U Deyan Jurjevich o‘rniga tayinlandi. O‘z navbatida serbiyalik mutaxassis 2 oy oldin aynan Kanchelskis o‘rnini egallagan edi.

«Navbahor»dagi murabbiylar beqarorligi klubning rivojlanish strategiyasi yo‘qligidan dalolat beryapti. Asosiy xodimlarni tayinlash hissiyotlar ta’sirida yuz bermoqda. Katta ehtimol bilan «Navbahor» rahbariyati klubning maqsadi va vazifalarini tushunmaydi», - deb yozdi Nikimbayev.

Barcha iste’folar «tasodifiy va hissiyotlarga boy tarzda qabul qilingan qarorlar» asosida yuz bergan va futbolga aloqador bo‘lmagan «sahna orti fitnalari» bilan bog‘liq, deb o‘z manbalariga tayanadi futbol mutaxassisi.

Uning fikriga qaraganda, «Navbahor»ning oldingi bosh murabbiyi Jurjevichga o‘z imkoniyatlarini namoyish qilish uchun yetarli vaqt berilmagan.

«Uni qanday sabab bilan bo‘shatishdi? Avvalgi bosh murabbiyni iste’foga chiqarish xato ekani haqidagi bahona bilanmi? Ha, «Navbahor»ning Jurjevich qo‘l ostidagi natijalari rahbariyat va muxlislarni qoniqtirmadi. Ammo mavsum o‘rtasida jamoani qabul qilib olgan murabbiydan nimani kutgan bo‘lardingiz? Umuman olganda, serbiyalik oldiga qanday vazifalar qo‘yildi? Natijalarni so‘rash uchun vaqt yetib kelganmidi?», – degan savollarni qo‘yadi mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, rossiyalik mutaxassis Andrey Kanchelskis 2018 yil oktyabr oyida «Navbahor»ga tayinladi. Oradan 9 oy o‘tgach, uning o‘rnini serbiyalik Deyan Jurjevich egalladi va qariyb 2 oy ishladi. O‘tgan haftada rahbariyat yana Kanchelskisni qaytarishga qaror qildi. Qayd etish joizki, «Navbahor» Jurjevich iste’fosini e’lon qilmasdan oldin Kanchelskis taqdimotini o‘tkazgan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 20
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 21
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 67
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 40
  • Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi 05 мая, 20:13 53
  • Shomurodov o‘z nomini tarixga muhrladi 05 мая, 20:03 264
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 19
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 7
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 33
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 20
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 21
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 67
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 60
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 16
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 52
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 41
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 40
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 88
  • Bo‘limlar