“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 11:17
ЎЗO‘Z

Muhsin Muhammadiyev "Buxoro"ning Samarqanddaga g‘alabasi haqida gapirdi

28 avg, 14:30 2 463 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Muhsin Muhammadiyev "Buxoro"ning Samarqanddaga g‘alabasi haqida gapirdi «Dinamo» - «Buxoro» uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Muhsin Muhammadiyev o‘yin borasidagi o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda "Dinamo" klubi matbuot xizmati xabar berdi.

- O‘yin juda qiyin o‘tdi. Ayniqsa, birinchi bo‘lim biz uchun og‘ir o‘tdi. Bizda ham, “Dinamo”da ham qator golli vaziyatlar yuzaga keldi. “Dinamo” tarkibi nomdor emasligiga qaramay, jamoa juda tezkorligini bilardik. O‘ylaymanki, ularning kelajagi bor. Ikkinchi bo‘lim boshida ham bosimga uchradik, ammo yigitlarimiz vaziyatdan chiqib keta olishdi va ketma-ket uchta gol urdik. Bugun jamoa biz talab qilayotgan o‘yinni ko‘rsata oldi.

- Ikki bo‘limni taqqoslasak, “Buxoro” 2-bo‘limda umuman boshqacha o‘yin namoyish etdi. Bu o‘zgarish bugungi o‘yin uchun reja edimi?
- Biz anchadan buyon bunday o‘yin namoyish etishni maqsad qilib kelayotgandik. Afsuski, 4-5 o‘yindan buyon rejalarimiz amalga oshmayotgandi. Ammo yigitlarda bosim borligi bois, jamoamizga ishonch yetishmayotgan edi. Bugun esa o‘ylagan rejalarimiz amalga oshdi. Umid qilamanki, biz uchun keyingi o‘yinlar ham omadli bo‘ladi.

- Samarqandga qaytish siz uchun nimani anglatadi?
- Samarqandni o‘zim uchun ona shahrimdek bilaman. Men bu yerda o‘ynaganman, ajoyib xotiralar bor. Mahalliy muxlislar meni ajoyib kutib olishdi, hurmat ko‘rsatishdi, mehnatlarimni unutmaganlaridan juda xursand bo‘ldim. Ulardan bir umr minnatdorman. Samarqandda azaldan ajoyib muxlislar bor. Muxlislar o‘z vaqtida bu yerda qalbimning bir qismini qoldirganimni eslashadi. Qolaversa, Samarqandda qarindoshlarim ko‘p, shu yerdan uylanganman, qaynonam bor. Shunday ekan, Samarqand men uchun ona shahrimdek gap.

- O‘yindagi “Buxoro”ning bosh rejasi qanday edi?
- O‘yindagi bosh rejamiz qarshi hujumlardan unumli foydalanish edi. Bo‘sh zonalarda tezkor harakat qilib, gol urishni maqsad qilgandik. Rejamiz amalga oshdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 0
  • Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz! 07 мая, 06:00 194
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 125
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 109
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 85
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 77
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 0
  • AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi? 07 мая, 10:35 1
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 0
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 5
  • 3 ming nafar o‘zbekistonlik Koreyaga avtomobilsozlik yo‘nalishida ishga yuborilishi mumkin 07 мая, 09:23 8
  • Germaniya kansleri Rigada: Rossiyaning hisob-kitoblari o‘zini oqlamadi 07 мая, 08:57 50
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 20
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 64
  • Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi 07 мая, 08:10 49
  • Xitoy, Fransiya va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Isroildan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi 07 мая, 07:25 25
  • G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi 07 мая, 06:58 48
  • HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni qabul qildi 07 мая, 06:30 88
  • Bo‘limlar