“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 22:57
ЎЗO‘Z

Transferga yaqin qoldi. Neymar faqat «Barselona»ga qaytishni istamoqda

28 avg, 11:35 2 385 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Transferga yaqin qoldi. Neymar faqat «Barselona»ga qaytishni istamoqda Ko‘k-anorranglilar 2 sentyabrgacha kelishuvga erishilishiga umid qilishmoqda.
«Barselona» direktori Xaver Bordas «PSJ»dan Neymarni qaytarish bo‘yicha olib borilayotgan muzokaralarga to‘xtalib o‘tdi.

«Hali kelishuvga erishilmadi. Muzokaralarni davom ettiryapti. O‘ylashimcha, Neymar transferiga yaqinlashyapmiz», – degan Bordasning so‘zlarini keltirdi Kun.uz.

OAV ma’lumotiga ko‘ra, 27 avgust kuni «PSJ» shtab-kvartirasida ikkala klub vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Unda «Barselona» rahbariyatidan texnik kotib Erik Abidal, ijrochi direktor Oskar Grau va vitse-prezident Xaver Bordas, «PSJ»dan esa sport direktori Leonardo ishtirok etgan.

Le Parisien nashrining yozishicha, kataloniyaliklar klubi parijliklarga Neymar 170 million yevro taklif qilgan. Transferga Usmon Dembele qo‘shilishi ham mumkin. «PSJ» hozircha takliflarga aniq javob bermagan.
Ko‘k-anorranglilar 2 sentyabrgacha kelishuvga erishilishiga umid qilishmoqda.

Bundan avvalroq Neymar «PSJ» rahbariyatiga «Barselona»ga qaytish istagini ma’lum qilgani haqida xabar tarqalgandi. Shu tufayli, «Yuventus» va «Real»da uni qo‘lga kiritish imkoniyatlari keskin pasaygan.

OAV ma’lumotiga ko‘ra, Parij klubi Neymar ketgan taqdirda uning o‘rniga Londonning «Kristal Pelas» klubidan Uilfrid Zaani olib kelishni rejalashtirgan.

2017 yilda 222 million yevro evaziga «Barselona»dan Parijga kelgan Neymar poytaxt klubi uchun shu vaqtgacha jami 58 o‘yinda ishtirok etib, 51 gol urdi va 29 golga uzatma berdi.

2018/19 yilgi mavsumda Neymar jarohatlar tufayli jamoasining barcha o‘yinlarida ishtirok eta olmadi, u barcha turnirlar doirasida jami 28 o‘yinda maydonga tushgan va 23 gol urib, 13 golga hammualliflik qildi. Transfermarkt.de portali ma’lumotiga ko‘ra, Neymarning transferi 180 million yevroga baholangan. Neymar 2013 yildan 2017 yilga qadar «Barselona»da to‘p surgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 0
  • Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida 03 мая, 22:29 0
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 220
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 49
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 288
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 137
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 1
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 14
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 6
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 6
  • Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi 03 мая, 20:30 36
  • Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi 03 мая, 20:05 26
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 138
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 34
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 58
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 65
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 220
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 49
  • Bo‘limlar