“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 04:30
ЎЗO‘Z

Andrey Shipilov: "Bunyodkor"ning asosiy tarkibi men uchun biroz kutilmagan hol bo‘ldi"

18 avg, 20:15 2 391 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Andrey Shipilov: "Bunyodkor"ning asosiy tarkibi men uchun biroz kutilmagan hol bo‘ldi" Coca Cola Superligasi 17-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Metallurg" (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Andrey Shipilov o‘z fikrlarini bildirdi.
"Bugungi bahsga juda jiddiy tayyorlangandik. Raqibning kuchli tomonlarini yaxshi bilardik. Gadoyev va Tursunov kabi futbolchilarning asosiy tarkibda tushishlari men uchun biroz kutilmagan hol bo‘ldi. Biz o‘z taktikamiz va strategiyamizga 75-daqiqaga qadar to‘liq rioya qildik. Ha "Bunyodkor" katta tashabbusga ega bo‘ldi, ammo 75-daqiqaga qadar darvozamiz oldida deyarli xavfli vaziyat sodir etilmadi. Bugungi natija adolatli va "Bunyodkor"ni g‘alaba bilan tabriklayman, - deydi Shipilov.

- Jamoada tajribali futbolchilar bor, ammo ular o‘z saviyasida o‘ynay olishmayapti.
- Bu savolingizda biroz haqiqat bor. Ammo masalan, Kamoliddin Tojiyev, Server Jeparov, Aleksandr Lobanov, Stanislav Andreyev kabi futbolchilar o‘z vazifalarini to‘liq bajarishmoqda. To‘g‘ri balki qayerdadir yorqin o‘ynashmayotgandir. Bugun Muzaffarov gol urishi mumkin edi. Biz Jeparovni atayin asradik, chunki "Jar" maydoni u qadar yaxshi emasligini bilardik.

- Lobanov oldingidan yaxshi o‘ynamoqda, kam gol o‘tkazmoqda. U bilan alohida ishlanmoqdami?
- Istalgan sportchi, futbolchida qiyin damlar bo‘ladi. Pasayish bo‘ladi. Lobanovni jarohatidan keyin o‘z safimizga qo‘shib olgandik. Jamoamizda darvozabonlar bilan Alisher Ahmedov ishlaydi. Bundan tashqari u anchadan buyon maydonga tushmagani uchun ham o‘yinni sog‘inib qolgan.

- Jamoa hujumda faqat qanotdan hujum qiladi. Nima uchun markazdan hujumga o‘tmadi?
- Sababi qanotda bo‘sh joy ko‘p bo‘ladi va u yerdan hujumga o‘tish oson. Bugun qanotlarimiz yomon o‘ynadi demagan bo‘lardim. Boshqa o‘yinlarda biz markazdan hujumga o‘tamiz, ammo o‘yin o‘yinga to‘g‘ri kelmaydi.

Manba: championat.asia




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 123
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 88
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 329
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 78
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 61
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 244
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 42
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 123
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 41
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 47
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 88
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 41
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 91
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 86
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 126
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 329
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 164
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 31
  • Bo‘limlar