“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 05:14
ЎЗO‘Z

Aziz To‘xtaboyev: “Yoshlar juda ta’sirchan bo‘ladi...”

18 avg, 08:30 2 278 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Aziz To‘xtaboyev: “Yoshlar juda ta’sirchan bo‘ladi...” Coca Cola superliga 17-tur doirasidagi «Qo‘qon-1912» - «Surxon» uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Qo‘qon1912” jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchisi Aziz To‘xtaboyev qatnashdi.

- O‘yinda tezkor gol kiritdik. Keyin raqib futbolchilari hisobni tenglashtirishdi. Butun o‘yin davomida futbolchilarimiz borlarini berib o‘ynashdi. Buning uchun ularga rahmat aytaman. Hech bir g‘alaba osonlikcha bo‘lmaydi. Bugungi g‘alabamizda muxlislarimizning hissasi ham katta bo‘ldi. Vaziyatlardan foydalanishda biroz kamchiliklarimiz bor.

Hujumchilarimizga sovuqqonlik yetishmayapti. Ular golli vaziyatlarda biroz shoshilib qolishdi. Aks holda bugun hisob yirik ko‘rinish olishi mumkin edi.

Bugungi o‘yinda Avazxon Mamatxo‘jayev har ikkala golda ham ishtirok etdi. Uning kelajagi porloq deb o‘ylayman. Uning bundanda yaxshi o‘yinlari hali oldinda.

Muxlislarimiz yosh futbolchilarimizni qo‘llab-quvvatlashlarini tilab qolardim. Chunki yoshlar juda ta’sirchan bo‘ladi, ularni hozir qo‘llab tursak o‘yinlari yanada ochiladi deb o‘ylayman.

Bugun maydonda o‘ynagan barcha futbolchilarimiz yaxshi o‘ynashdi. Ikkinchi davra arafasida jamoamiz safiga kelib qo‘shilgan yosh futbolchilar jamoamizga tezda moslashishdi. Ulardan hali umidimiz katta. Sindarov hamda Ahmadovlarning o‘yini bizni to‘liq qoniqtirmoqda. Jamoamizda ichki muhit ayni kunlarda juda ajoyib. Bizni qo‘llab turgan barcha muxlislarimizga bosh egib ta’zim qilaman.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 64
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 73
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 220
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 332
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 242
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 150
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 64
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 73
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 126
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 35
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 56
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 131
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 194
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 120
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 28
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 36
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 105
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 151
  • Bo‘limlar