“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 15:52
ЎЗO‘Z

«Rostov» bosh murabbiyi: «Shomurodov RPL grandiga o‘tgandan ko‘ra Yevropaga ketgani yaxshiroq»

14 avg, 09:05 2 646 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Rostov» bosh murabbiyi: «Shomurodov RPL grandiga o‘tgandan ko‘ra Yevropaga ketgani yaxshiroq» RPLning 5-turidan keyin musobaqa jadvalida ikkinchi o‘rinda borayotgan «Rostov» bosh murabbiyi Valeriy Karpin «Sport-ekspress»ga intervyu berdi. Suhbat davomida mutaxassis o‘tgan beshta o‘yinda to‘rtta gol urib, to‘purarlar ro‘yxatini boshqarayotgan shogirdi Eldor Shomurodov haqida ham gapirib o‘tgan.

– Hozir hammaning og‘zida Shomurodov. Hujumchining boshi aylanib ketmayaptimi?
– Hozir bunaqa bo‘lmasligi kerak. Eldor – ancha kamtar, mulohazali, adekvat, bosiq yigit. Hozir nima bo‘layotganini to‘g‘ri baholay oladi.

– Yaqinda SSKA unga qiziqish bildirib chiqqani rostmi?
– Bu menga beriladigan savol emas. Kim kim bilan aloqaga chiqqanini bilmayman... Bu masalada hech narsadan xabarim yo‘q.

– Siz uning pozitsiyasiga – kelgusida rus grandiga emas, Yevropa klubiga o‘tish fikriga qo‘shilasizmi?
– Umuman olganda, ha. Men uning «Rostov»da o‘ynashda davom etishini istardim. Keyinroq, agar shunday taklif tushsa, RPLning obro‘li klubidan ko‘ra G‘arbga yo‘l olgani yaxshiroq. Albatta, Yevropa grandida maydonga tushish oson emas. Lekin boshlanishiga oddiyroq klubda o‘ynab turib ham, keyin yuqoriroqqa ko‘tarilishga intilish mumkin.

– Yaqinda «Hozircha Shomurodov va Normanni yo‘qotishdan xavotirimiz yo‘q. Hech kimni sotmoqchi emasmiz. Lekin ertaga 50 millionlik taklif tushsa, o‘zim futbolchini o‘sha klubga eltib qo‘yaman» deb aytgandingiz.
– Ha, shunday.

– Demak, Shomurodov va Normann 50 mln yevro turarkan-da? Qimmat emasmi?
– Men uchun, ha, ularning transfer narxi – 50 million.

Mavzuga oid yangiliklar
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 1
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 5
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 14
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 24
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 55
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 44
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 0
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 0
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 1
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 1
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 5
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 23
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 14
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 24
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 119
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 25

  • Bo‘limlar