“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu DAZNʻga bergan intervyusida kundalik hayoti va maqsadlari haqida gapirib oʻtdi. “Men doim eng avvalo jamoam bilan sovrinlar yutishga intilganman, chunki individual mukofotlar ham shu sovrinlar ortidan keladi.
Har kunlik ishim, kundalik hayotim shunday. Har tong shunchaki pul ishlash uchun emas, balki qaysidir marraga erishish maqsadida mashgʻulotlar oʻtkazish uchun uygʻonaman. Yaratganning sharofati bilan ortiq pulga muhtojligim yoʻq. Oʻz ismimni futbol tarixiga yozib qoʻyishni, yana va yanada koʻproq gʻalabalarga erishishnim xohlayapman”, – dedi Ronaldu.