“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 07:52
ЎЗO‘Z

Messiga futbol tarixidagi eng baland narx belgilandi

06 yanv, 22:32 8 294 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Messiga futbol tarixidagi eng baland narx belgilandi Sport tadqiqotlari xalqaro markazi (CIES) Evropaning «kuchli beshlik» chempionatlarida to‘p surayotgan futbolchilarning transfer narxlarini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz.

Ushbu ro‘yxatda eng qimmat futbolchi sifatida Lionel Messi qayd etilgan – uning narxi 220 million evroga baholangan. Ikkinchi o‘rindagi Krishtianu Ronalduning transfer qiymati tadqiqot markazi tomonidan 133 million evro qilib belgilangan. “Chelsi” yarim himoyachisi Eden Azar esa 99 million evrolik futbolchi sifatida ko‘rilgan.

Shuningdek, “qimmatbaholar” o‘ntaligidan quyidagi futbolchilar o‘rin olgan: Diega Kosta (“Chelsi”, 84 million evro), Pol Pogba (“Yuventus”, 72 million evro), Serxio Aguero (“Manchester Siti”, 65 million evro), Raxim Sterling (“Liverpul”, 63 million evro), Sesk Fabregas (“Chelsi”, 62 million evro), Aleksis Sanches (“Arsenal”, 61 million evro), Garet Beyl (“Real”, 60 million evro).

Futbolchilarning qiymati bir qancha omillar asosida belgilangan. Jumladan, 2009 yildan buyon futbolchilar o‘tkazgan o‘yin, urgan gollar, klublari va terma jamoalari qayd etgan natijalar o‘rganib chiqilgach va ularning transfer qiymati chiqarilgan.

Messi bu borada etakchi bo‘lishiga u o‘tgan yillar davomida qo‘lga kiritgan ko‘pdan-ko‘p yutuqlar, xususan 4 marta “Oltin to‘p” mukofotini qo‘lga kiritishi (2009, 2010, 2011, 2012) asos bo‘lgan.

foto: kun




Mavzuga oid yangiliklar
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 1
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 35
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 32
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 99
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 53
  • Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi 05 мая, 20:13 59
  • So'nggi yangiliklar
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 1
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 78
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 20
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 87
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 35
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 32
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 99
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 91
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 33
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 76
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 54
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 53
  • Bo‘limlar