“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 22:26
ЎЗO‘Z

"Lokomotiv" O‘zbekiston kubogi 1/8 finalida "Surxon"dan "tarsaki yedi"

04 avg, 20:14 2 907 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
"Lokomotiv" O‘zbekiston kubogi 1/8 finalida "Surxon"dan "tarsaki yedi" O‘zbekiston Kubogining 1/8 finalidan o‘rin olgan “Surxon” – “Lokomotiv” uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. Termizda bo‘lib o‘tgan bahsda maydon egalari irodali g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Uchrashuvning 7-daqiqasida Sardor Mirzayev jarima maydoni tashqarisidan raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Shundan keyin ham “Loko” futbolchilari bir nechta qulay imkoniyatlargaega bo‘lishdi, biroq ular samarasiz bo‘ldi.

Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida mehmonlar himoyada xatoga yo‘l qo‘yishdi. 39-daqiqada Azamat Isroilov raqib himoyasidagi palapartishlikdan unumli foydalanib muvozanatni tikladi.

Ikkinchi bo‘limda ham kichik ustunlik “temiryo‘lchilar” tomonida bo‘ldi, biroq bu hisobda aks etmadi. 82-daqiqada Abdul Aziz Yusupov mezbonlarga g‘alaba keltirgan golga muallif bo‘ldi.

Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda “Loko” darvozasi tomoniga penalti belgilandi. Shundan keyin Islom To‘xtaxo‘jayev asablarini jilovlay olmadi va hakamga e’tiroz bildirgani uchun maydondan chetlatildi.

Shu tariqa, “Surxon” kubok chorak finaliga yo‘l oldi. “Lokomotiv” esa musobaqani tark etdi.

Sosa Sola O‘zbekiston Kubogi 1/8 final
"Surxon" – "Lokomotiv" 3:1 (1:1, 2:0)
Gollar:
0:1 - 7 Mirzayev, 1:1 - 39 Isroilov, 2:1 - 82 Yusupov, 3:1 - 90+3, penalti Stanoyevich.
"Surxon": Sardor Qobuljonov, Abduqahhor Xojiakbarov, Azamat Isroilov (Asror G‘ofurov, 60), Rahmatullo Berdimurodov, Abdulaziz Yusupov, Abror Ismoilov, Eldor Boymatov, Vladimir Bubanya, Husniddin G‘ofurov, A’zam Aliyev, Darko Stanoyevich.
"Lokomotiv": Javohir Ilyosov, Anzur Ismoilov, Oston O‘runov, Jamshid Iskanderov, Sardor Mirzayev (Diyorjon Turopov, 85), Temurxo‘ja Abduxoliqov (Ariagner Smit Medina, 65), Islom To‘xtaxo‘jayev, Yovan Jokich, Davron Hoshimov, Arslanmirat Amanov, Igor Yelich.
Ogohlantirishlar: Qobuljonov (15), To‘xtaxo‘jayev (90+1)
Chetlatish: To‘xtaxo‘jayev (90+1)




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 170
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 253
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 234
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 143
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 63
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 215
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 25
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 8
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 12
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 45
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 74
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 39
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 21
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 169
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 139
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 253
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 203
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 77
  • Bo‘limlar