“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 11:45
ЎЗO‘Z

"AGMK" o‘zida "Andijon" bilan jangovar durang qayd etdi

31 iyul, 21:09 2 478 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
"AGMK" o‘zida "Andijon" bilan jangovar durang qayd etdi O‘zbekiston chempionatining 15-turidan o‘rin olgan "AGMK" – "Andijon" uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Olmaliqda bo‘lib o‘tgan bahsda jangovar durang qayd etildi.

Uchrashuv birinchi bo‘limi teng kurashlar ostida o‘tdi va darvozalar oldida xavfli vaziyatlar kam bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limni ikkala jamoa vakillari tajavvuskor ruhda boshlashdi.

51-daqiqada Qahramon Bahodirov burchak zarbasidan so‘ng hisobni ochdi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay andijonliklar ikkinchi golni urishdi. Ro‘zimboy Ahmedovning uzatmasidan so‘ng Shahzod Ubaydullayev raqib darvozasini aniq nishonga oldi.

Shundan keyin maydon egalari yanada bosimni oshirishdi va ketma-ket hujumlar o‘z samarasini berdi. 71-daqiqada Zafar Polvonov qanotdan uzatilgan to‘pni darvozaga aniq yo‘lladi. 81-daqiqada Polvonovga nisbatan ishlatilgan qo‘pollikdan so‘ng mehmonlar darvozasi tomon penalti belgilandi. Uni Elguja Grigalashvili aniq bajarib muvozanatni tikladi.

Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi va jamoalar murosa yo‘lini tanlashdi.

Sosa Sola Superliga, 15-tur
"AGMK" – "Andijon" 2:2 (0:0, 2:2)
Gollar:
0:1 - 51 Bahodirov, 0:2 - 65 Ubaydullayev, 1:2 - 71 Polvonov, 2:2 - 81, penalti Grigalashvili.

AGMK: 32.Suhrob Sultonov, 3.Erkin Baydullayev, 4.Mirjamol Qosimov (30.Jasur Umarov, 46), 5.Dilshod Jo‘rayev (17.Murod Toshmatov, 46), 7.Elguja Grigalashvili, 8.San’at Shixov, 9.Zafar Polvonov, 23.Akmal Shorahmedov, 31.Saydullo Rahmatov (15.Jasur Hakimov, 57), 44.Bobur Yuldoshev, 77.Vlasdislav Kasminin.

"Andijon": 1.Ruslan Matniyozov, 2.Jalil Kimsanov, 8.Farhod Bekmurodov, 10.Shahzodbek Ubaydullayev (5.Robbim Hasanov, 74), 18.Dilshod Rahmatlullayev, 19.Sardorbek Azimov, 21.Ildar Mamatkazin, 22.Ro‘zimboy Ahmedov, 23.Abdurahmon Abdulhaqov (25.Qahramon Bahodirov, 50 (7.Oybek Qilichev, 67), 26.Aleksich Radosav, 88.Abror Husinov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Luis Enrike PSJning ECHLdan chiqib ketishiga munosabat bildirdi 08 мая, 10:58 0
  • “Chelsi”ning eng yomon o‘yinchilari nomi aytildi 08 мая, 09:30 24
  • Mbappe alamli mag‘lubiyatdan keyin nimalar dedi? 08 мая, 08:44 107
  • PSJ dan 30 ta zarba, 0 ta gol! 08 мая, 08:40 52
  • YECHL 1/2 final. "Borussiya" ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba qozonib, ilk finalchiga aylandi 08 мая, 08:31 41
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 99
  • So'nggi yangiliklar
  • Luis Enrike PSJning ECHLdan chiqib ketishiga munosabat bildirdi 08 мая, 10:58 0
  • Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi 08 мая, 10:35 0
  • Putin Rossiyada tug‘ilishni ko‘paytirishga buyruq berdi 08 мая, 10:16 0
  • Rossiyalik xaker uchun 10 million dollar va’da qilindi 08 мая, 09:53 16
  • “Chelsi”ning eng yomon o‘yinchilari nomi aytildi 08 мая, 09:30 24
  • Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasida otishma sodir bo‘ldi 08 мая, 09:27 40
  • O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi 08 мая, 08:57 15
  • TikTok AQSH hukumatini sudga berdi 08 мая, 08:55 20
  • Isroil Rafahdagi operatsiyani HAMAS mag‘lubiyatga uchramaguncha davom ettirmoqchi 08 мая, 08:52 22
  • “Hizbulloh” Livan chegarasi yaqinidagi Isroil harbiy obyektlariga hujum uyushtirdi 08 мая, 08:47 49
  • Mbappe alamli mag‘lubiyatdan keyin nimalar dedi? 08 мая, 08:44 107
  • PSJ dan 30 ta zarba, 0 ta gol! 08 мая, 08:40 52
  • Bo‘limlar