“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 01:02
ЎЗO‘Z

10 ta gol urilgan o‘yinda «Atletiko» «Real»ni tor-mor qildi

27 iyul, 10:17 3 178 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
10 ta gol urilgan o‘yinda «Atletiko» «Real»ni tor-mor qildi Foto: Twitter/@IChC
Xalqaro Chempionlar Kubogi doirasida 27 iyul, shanba kuni «Atletiko Madrid» hamshahari «Real»ga qarshi maydonga tushdi.

AQShda o‘tgan o‘yinda «Atletiko» «Real»ni 7:3 hisobida taslim qildi. «Matraschilar» safidagi gollarga Diyego Kosta (4 ta), Joau Feliks, Anxel Korrea hamda Vitolo mualliflik qildi. «Real»dan esa Nacho, Karim Benzema hamda Xavi o‘z nomiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi.

Qayd etish joiz, jamoalar 65-daqiqadan boshlab 1 tadan kam o‘yinchi bo‘lib harakat qildi. Diyego Kosta hamda Dani Karvaxal hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolandi.

Shu tariqa «Real» Xalqaro Chempionlar Kubogi musobaqasini 1 ta g‘alaba va 2 ta mag‘lubiyat bilan yakunlashga majbur bo‘ldi.
«Atletiko» esa hozirgacha ikkita o‘yinda g‘alaba qozondi. Simeone shogirdlari 10 avgust kuni «Yuventus»ga qarshi maydonga tushadi.

Xalqaro Chempionlar Kubogi

«Real» — «Atletiko» 3:7
Gollar:
0:1 – 1 Diyego Kosta, 0:2 – 8 Joau Feliks, 0:3 – 19 Korrea, 0:4 – 28 Diyego Kosta, 0:5 – 45, penalti Diyego Kosta, 0:6 – 51 Diyego Kosta, 1:6 – 59 Nacho, 1:7 – 70 Vitolo, 2:7 – 85, penalti Benzema, 3:7 – 89 Xavi.

«Real Madrid» – Kurtua (Navas, 46), Marselo (Beyl, 62), Ramos (Xavi, 62), Odriosola (Karvaxal, 46), Nacho, Isko (Rodrigo, 62), Kroos, Azar (Adri, 62), Modrich (Kubo, 62), Vinisius Junior (Vaskes, 46), Yovich (Benzema, 30).

«Atletiko» – Oblak, Savich (Felipe, 66), Ermoso (Montero, 66), Trippiyer (Karlos Isaak, 65), Lodi (Sanches, 66), Saul (Errera, 66), Koke (Lorente, 66), Lemar (Sanabriya, 66), Joau Feliks (Vitolo, 66), Diyego Kosta, Morata (Korrea, 13; Kamelo, 66).

Ogohlantirishlar: Isko (31), Saul (65), Nacho (88).
Chetlatishlar: Diyego Kosta (65), Karvaxal (65).




Mavzuga oid yangiliklar
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 0
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 2
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 80
  • 17 yoshli hindistonlik Dommaraju jahon shaxmat toji uchun kurashadi 27 apr, 20:29 61
  • Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo‘rqqan jamoa yutqazdi" 27 apr, 17:52 270
  • Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: " Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz" 27 apr, 17:30 131
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 0
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 0
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 0
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 2
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 14
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 24
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 32
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 80
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 72
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 101
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 345
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 120
  • Bo‘limlar