“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 03:20
ЎЗO‘Z

«Lokomotiv» yangi futbolchilarni tanishtirdi, ularning orasida nikaragualik hujumchi bor

24 iyul, 20:13 2 632 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Lokomotiv» yangi futbolchilarni tanishtirdi, ularning orasida nikaragualik hujumchi bor 24 iyul kuni «Lokomotiv» o‘z tarkibiga qo‘shib olgan futbolchilarni tanishtiruv marosimini o‘tkazdi.
Davralar oralig‘ida Oston O‘runov, Ariagner Medina Smit, Javohir Esonqulov, Javohir Sohibov, Ibrohim G‘anixonov va Tohir Rafaelov «Lokomotiv» safiga o‘tishdi.

Tanishtiruv marosimida klub bosh direktori o‘rinbosari To‘labek Akramov va yangi futbolchilar ishtirok etishdi. Javohir Esonqulov tibbiy ko‘rikdaligi sababli matbuot anjumaniga yetib kela olmadi.

«Jamoamiz odatda yozgi tanaffus vaqtida xorijda yig‘inlarda qatnashardi. Ammo davralar oralig‘i qisqa bo‘lganligi, shuningdek, asosiy futbolchilarimizning ko‘pchiligi yanvar oyidan buyon dam olmagani tufayli o‘z qarorgohimizda yig‘in o‘tkazishga qaror qildik.

Yig‘in vaqtida o‘tkazilgan bir necha o‘rtoqlik o‘yinlarida murabbiylar futbolchilarning jismoniy holatiga e’tibor qaratishdi. Jamoamizni Filipp Rayevats, Azizbek Haydarov va Husniddin G‘ofurov tark etishdi. Ularning o‘rnini yosh futbolchilar bilan to‘ldirishga qaror qildik.

Murabbiylar shtabi bilan kelishgan holda biz jamoani yoshartirishga, ya’ni tajriba va yoshlikni mujassamlashtirishga harakat qildik. E’tibor bergan bo‘lsangiz, yangi olingan futbolchilarning katta qismi yosh yigitlar. Oston O‘runov 2000 yilda tug‘ilgan. Uning qanday imkoniyatlarga ega ekanligini barcha ko‘rib bo‘ldi.

Shuningdek, yosh va umidli futbolchimiz Tohir Rafaelov 2002 yilda tug‘ilgan va u ilk marta professional klub bilan shartnoma imzolamoqda. Ibrohim G‘anixonov ham endigina 19 yoshga kirdi. Nikaragualik Ariagner Smit Medina 20 yoshga to‘lgan. Bu kabi yoshlar orqali biz jamoaning poydevorini yanada mustahkamlab olishimizga ishonaman. Shuningdek, Javohir Esonqulov, Javohir Sohibov kabi tajribali futbolchilar ham jamoamizning kuchiga kuch qo‘shadi», - dedi Akramov.

Shundan so‘ng yangi futbolchilarga «Lokomotiv» klubi liboslari taqdim etildi. Xususan, Oston O‘runov – 6, Javohir Sohibov – 15, Medina Smit – 22, Tohir Rafaelov – 40, Ibrohim G‘anixonov – 18, Javohir Esonqulov – 21 raqamlarda o‘ynaydigan bo‘lishdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 20
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 21
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 67
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 40
  • Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi 05 мая, 20:13 53
  • Shomurodov o‘z nomini tarixga muhrladi 05 мая, 20:03 264
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 19
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 7
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 33
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 20
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 21
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 67
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 60
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 16
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 52
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 41
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 40
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 88
  • Bo‘limlar