PSJ klubi sport direktori Leonardo hamyurti Neymarning “Barselona”ga o‘tishi mumkinligi borasida tarqalgan xabarlarga yana bir bor o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.
“Ochig‘ini aytsam, bizning so‘nggi suhbatimizdan so‘ng hech narsa o‘zgarmadi. Mutlaqo hech narsa. Neymarning transferi masalasida hech qanday harakat yo‘q. Bu borada birorta ham aniq taklif yo‘q.
U biz bilan, u PSJ futbolchisi. Yana qaytaraman, bu borada hech qanday aniq takliflar yo‘q. Bu holat anchadan buyon davom etmoqda”, - deydi braziliyalik funksioner.