“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 10:56
ЎЗO‘Z

"Bunyodkor" yig‘iniga rossiyalik futbolchi qo‘shildi

19 iyul, 19:43 2 799 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
"Bunyodkor" yig‘iniga rossiyalik futbolchi qo‘shildi Bugun "Bunyodkor" jamoasi Minskdagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini to‘qqizinchi kunini o‘tkazmoqda.

Xabar berganimizdek, yig‘inning so‘nggi uch kunida uchta nazorat uchrashuvi o‘tkaziladi. Bugun tushga qadar rejalashtirilgan uch o‘yining birinchisi bo‘lib o‘tdi. Belorus futbolining eng yetakchi klubi – BATE o‘rinbosarlariga qarshi bahs «Bunyodkor»ning ustunligida o‘tdi. Ayniqsa, bellashuvning birinchi bo‘limida hamyurtlarimiz mezbonlardan har tomonlama ustunlik qilishdi. Biroq tanaffusga qadar maydon egalari darvozasi faqatgina bir marta ishg‘ol qilindi.

Ikkinchi bo‘lim avvalida bosh murabbiy Vadim Abramov maydonga bir yo‘la 10 nafar yangi o‘yinchini tushirdi. Mezbonlar ustozi birgina o‘zgarish bilan kifoyalandi. Bu o‘zgarishlar "Bunyodkor" jamoasining o‘yiniga salbiy ta’sir qildi. Raqibning ketma-ket uyushtirgan hujumlari 61-daqiqaga kelib o‘z samarasini berdi. Himoyadagi pala-partishlikdan so‘ng Dmitriy Bessmertniy hisobni tenglashtirdi. Ammo BATE yoshlarining xursandchiligi uzoqqa cho‘zilmadi.

O‘tkazib yuborilgan goldan ruhan «sinmagan» "qaldirg‘ochlar" ikki daqiqani ichida vaziyatni o‘z tomonlariga og‘dirishdi. Maydon egalari darvozasiga penalti belgilandi, nuqtaga yaqinlashgan Mirjahon Mirahmadov yana «Bunyodkor»ni hisobda oldinga olib chiqdi. Goldan ruhlangan futbolchilar uchrashuvning qolgan daqiqalarida o‘yin nazoratini o‘z qo‘liga oldi va o‘yin yakuniga Vyacheslav Dergachev darvozasi yana ikki marta ishg‘ol qilindi va toshkentliklar 1:4 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Bugungi uchrashuvda «Bunyodkor» safida rossiyalik futbolchi maydonga tushdi. Dmitriy Ostrovskiy Minsk yig‘inida ko‘rikda bo‘ladi. Qolaversa, BATE o‘rinbosarlari darvozasiga birinchi golni urgan Muhammad Dialloning taqdiriga ham Minsk yig‘inidan so‘ng oydinlik kiritiladi.

Eslatamiz o‘tamiz, ertaga jamoa Toshkent vaqti bilan 17:00da Belorus chempionati oliy ligasi vakili «Dnyapro-MChZ»ga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushadi.

NAZORAT UChRAShUVI
18 iyul. Minsk. «Minsk» FK maydoni

BATE (o‘rinbosarlar) – «BUNYoDKOR» - 1:4 (0:1)
Gollar:
Muhammad Diallo, 11 - 0:1. Dmitriy Bessmertniy, 61 - 1:1. Mirjahon Mirahmadov, 63-penaltidan - 1:2. Boburbek Farhodov, 75 - 1:3. Mirjahon Mirahmadov, 81 - 1:4.

BATE: Vyacheslav Dergachev (Roman Tixomirov, 68), Dmitriy Bessmertniy (Danilo Laptin, 76), Nikita Supranovich (Vadim Martinkevich, 81), Maksim Myakish (Yegor Osipov, 81), Pavel Pashevich, Vladislav Rusenchik (Roman Lisovskiy, 69), Aleksandr Nemirko (Maksim Gayevoy, 71), Yevgeniy Guletskiy (Aleksey Shalashnikov, 62), Andrey Potapenko (Ivan Kaloshkin, 71), Dmitriy Matyash, Anton Abramovich (Vadim Pigas, 46).

«Bunyodkor»: Murodjon Zuhurov, Sanjar Qodirqulov, Anvar G‘ofurov, Abdulla Abdullayev, Ulug‘bek Abdullayev, Lutfulla To‘rayev, Sanjar Rixsiboyev, Nurillo To‘xtasinov, Dilshod Ahmadaliyev, Xurshid G‘iyosov, Muhammad Diallo.

Zaxiradan tushganlar: Abdumavlon Abdujalilov, Eldor Adhamov, Boburbek Farhodov, Islomjon Qobilov, Ulug‘bek Abdullayev, Dmitriy Ostrovskiy, Muhammadodil Qahramonov, Javohir Qahramonov, Jasurbek Jaloliddinov, Vladislav Nuriyev, Valeriy Akopov, Mirjahon Mirahmadov, Farrux Ikromov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 56
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 31
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 88
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 113
  • O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi? 01 мая, 18:53 132
  • Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev... 01 мая, 17:38 166
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 3
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 21
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 20
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 8
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 68
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 56
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 31
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 88
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 209
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 121
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 110
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 57
  • Bo‘limlar