“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 13:28
ЎЗO‘Z

Ektor Kuper: "Hech bir raqibga bepisandlik bilan qarab bo‘lmaydi"

17 iyul, 16:54 2 838 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ektor Kuper: "Hech bir raqibga bepisandlik bilan qarab bo‘lmaydi" Bugun Malayziya poytaxti Kuala Lumpurda joylashgan Osiyo futbol konfederatsiyasi bosh qarorgohida Jahon chempionati-2022 hamda Osiyo kubogi-2023 musobaqalari ikkinchi saralash bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi ikkinchi saralash bosqichining “D” guruhidan o‘rin oldi. Guruhda terma jamoamizga Saudiya Arabistoni, Falastin, Yaman hamda Singapur termalari raqiblik qiladi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper O‘FA rasmiy saytiga qur’a haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Qur’a qanday jamoalarni taqdim etishini oldindan tahmin qilib bo‘lmaydi. Shu sababdan har qanday raqib bilan to‘qnash kelishga tayyor turish lozim bo‘ladi. Jahon chempionati saralashi ikkinchi bosqichi qur’asi bizga taqdim etgan raqiblarning barchasi o‘ziga yarasha kuchli jihatlarga ega ekanini ta’kidlay olaman. Hech bir raqibga bepisandlik bilan qarab bo‘lmaydi. Guruhimizdan o‘rin olgan har bir raqibni hurmat qilgan holda uchrashuvlarga hozirlik ko‘ramiz. O‘zbekiston terma jamoasi barcha uchrashuvlarda mazmunli o‘yin namoyish etib, yakunda kelasi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun maydonga tushadi, - dedi mutaxassis.

Manba: ufa.uz

Mavzuga oid yangiliklar
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 0
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 0
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 0
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 13
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 21
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 46
  • So'nggi yangiliklar

  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 1
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 7
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 13
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 21
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 16
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 29
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 46
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 118
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 170
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 46
  • Bo‘limlar