“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 17:29
ЎЗO‘Z

«Humo» klubi Rossiyaning eng yaxshi xokkeychilaridan biri bilan shartnoma imzoladi

16 iyul, 19:45 2 887 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Humo» klubi Rossiyaning eng yaxshi xokkeychilaridan biri bilan shartnoma imzoladi Toshkentning «Humo» klubi Kontinental Xokkey Ligasining (KXL) 2011 yildagi eng yaxshi debyutanti Pavel Zdunov bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda Oliy Xokkey Ligasi (OXL) sayti xabar beradi.

Pavel Zdunov so‘nggi 5 yilni Nijnekamsk shahrining «Nefteximik» klubida o‘tkazdi. 28 yoshli xokkeychi o‘tgan mavsumda 53ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ochko jamg‘arishga erishdi.

Zdunov «Humo» klubining bu yilgi 14-transferi bo‘ldi. Ayni paytda toshkentliklar tarkibida KXL klublaridan o‘tgan 5 nafar xokkeychi bor. Avvalroq jamoaga «Admiral» xokkeychilari Roman Tatalin va Semen Valuyskiy, «Dinamo Moskva» himoyachisi Aleksey Pepelyayev, shuningdek, «Spartak Moskva» hujumchisi Artyom Voronin kelib qo‘shilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, «Humo» xokkey klubi yangi mavsumdan boshlab Rossiyaning Oliy Xokkey Ligasida (OXL) rossiyalik mutaxassis Yevgeniy Popixin bosh murabbiyligida ishtirok etadi.

OXL – ochiq xalqaro xokkey ligasi bo‘lib, nufuzi jihatidan Kontinental Xokkey Ligasidan (KXL) keyin ikkinchi o‘rinda turadi. O‘tgan mavsumda ligada Rossiyaning 26ta, Qozog‘istonning 3ta va Xitoyning 2ta klubi ishtirok etgan. Qozog‘istonning «Sariarka» klubi chempionlikni qo‘lga kiritgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Chelsi” 2024 yilda kimlar bilan xayrlashadi? 08 мая, 15:49 4
  • Olimpiadaga chiqqan futbolchilar qancha mukofot pullari olgani ma’lum bo‘ldi 08 мая, 12:50 285
  • Luis Enrike PSJning ECHLdan chiqib ketishiga munosabat bildirdi 08 мая, 10:58 162
  • “Chelsi”ning eng yomon o‘yinchilari nomi aytildi 08 мая, 09:30 87
  • Mbappe alamli mag‘lubiyatdan keyin nimalar dedi? 08 мая, 08:44 267
  • PSJ dan 30 ta zarba, 0 ta gol! 08 мая, 08:40 96
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentdagi Isroil elchixonasini yoqib yuborishga uringan talaba 5 yilga qamaldi 08 мая, 16:50 0
  • Sirtqi ta’lim bosqichma-bosqich tugatiladi 08 мая, 16:30 1
  • O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi 08 мая, 16:10 1
  • “Chelsi” 2024 yilda kimlar bilan xayrlashadi? 08 мая, 15:49 4
  • Rossiya yana bir bor Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi 08 мая, 15:23 81
  • Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni keyinga qoldirildi 08 мая, 15:00 18
  • Shavkat Mirziyoyev urush faxriylarini ziyorat qildi 08 мая, 14:36 96
  • London: 9 mingga yaqin chechen Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda 08 мая, 14:30 159
  • Dunyodagi eng ko‘p millionerlar yashaydigan shaharlar e’lon qilindi 08 мая, 13:37 72
  • OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda 08 мая, 13:09 243
  • Olimpiadaga chiqqan futbolchilar qancha mukofot pullari olgani ma’lum bo‘ldi 08 мая, 12:50 285
  • Gollivudning eng uyatchan yulduzlari (foto) 08 мая, 12:22 181
  • Bo‘limlar