Foto: Twitter «Real Sosedad» Grizmann transferidan 24 million yevro ishlab oldi, deb yozadi Daryo.
Antuan «Sosedad»dan 2014 yil «Atletiko»ga o‘tgandi. O‘shanda tomonlar agar futbolchi qayta sotiladigan bo‘lsa, u holda transferning 20 foiz miqdori «Real Sosedad»ga tegishi bo‘yicha kelishib olgan.
«Barselona» Grizmann uchun 120 million yevro to‘ladi. «Atletiko» esa ayni damda kataloniyaliklarni sudga berib, yana 80 million yevro undirishini ma’lum qildi.