Yengil vazn toifasida UFC kamari sohibi Xabib Nurmagomedov hamda shu vaznda vaqtinchalik UFC chempioni Dastin Pore ko‘z urishtirish marosimida ishtirok etishdi.
AQShning Nevada shtati Las-Vegas shahrida o‘tkazilgan ko‘z urishtirish marosimida hech qanday jiddiy voqea yuz bermadi. Sportchilarning har ikkisi ham bir-biriga kulib muomala qilishgan.
Eslatib o‘tamiz, Xabib - Dastin to‘qnashuvi 7 sentyabr kuni BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tadi.