“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 17:18
ЎЗO‘Z

Samvel Babayan "Qo‘qon-1912"dan uchralgan yirik hisobdagi mag‘lubiyatga qanday izoh berdi

04 iyul, 13:05 3 454 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Samvel Babayan "Qo‘qon-1912"dan uchralgan yirik hisobdagi mag‘lubiyatga qanday izoh berdi Liga Kubogi “V” guruhi 2-tur doirasidagi “Qo‘qon-1912” – “Lokomotiv” uchrashuvidan keyin matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Samvel Babayan ishtirok etdi.

"Bugun biz Liga kubogidagi ikkinchi uchrashuvimizni o‘tkazdik. Bugun asosan zahiradagi va yosh futbolchilarini maydonga tushirib, ularga o‘zlarini ko‘rsatish uchun imkoniyat bergandik. Afsuski, mag‘lubiyatga uchradik. Bugungi bahsda futbolchilarining imkoniyatini chamalab oldik. Transferlar paytida kimni olib qolish va kimlarni ijaraga berish borasida shu kunlarda yakuniy xulosaga kelamiz. Bugungi natijadan qoniqmadim. Lekin futbolchilarimizning maydonda borlarini berib o‘ynaganliklari tahsinga loyiq.

Bu musobaqa bizga kerak. Boshqa futbolchilariga ham o‘yin amaliyoti berish uchun ham turnir kerak deb hisoblayman. Har bir jamoaning o‘z rejasi bo‘ladi. “Lokomotiv” har doim o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ygan. PFL rahbarlari bilan bu borada gaplashdik. Kelasi mavsumda bu musobaqaning o‘tkazish vaqtini jamoalar bilan kelishib belgilashlariga umid qilamiz. Balkim FIFA kunlariga belgilansa yaxshi bo‘lardi. Terma jamoaga chaqirilmaydigan futbolchilarga imkoniyat berilar edi.

“Qo‘qon-1912” jamoasi keyingi bosqichga chiqqani bilan tabriklayman. Jamoaga keyingi o‘yinlarda omad tilayman. Qo‘qonlik muxlislarga ham hurmatim baland. Ular doim jamoalarini faol tarzda qo‘llab turishadi.Ularga kelgusi o‘yinlarda ham omad tilayman", - deb Babayanning so‘zlarini keltirib o‘tdi Qo‘qon klubi matbuot xizmati.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 18
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 37
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 90
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 126
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 297
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 196
  • So'nggi yangiliklar
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 0
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 0
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 2
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 2
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 8
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 18
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 37
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 12
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 42
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 50
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 34
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 30
  • Bo‘limlar