“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 01:55
ЎЗO‘Z

Arveladze: "Muxlislardan stadionda o‘zlarini yaxshi tutib, haqorat qilmasliklarini so‘rayman"

30 iyun, 00:16 2 688 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Arveladze: "Muxlislardan stadionda o‘zlarini yaxshi tutib, haqorat qilmasliklarini so‘rayman" Superliga 13-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" hamda "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng "sherlar" ustozi Shota Arveladze uchrashuv borasidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Qiyin o‘yin bo‘ldi. Qo‘qonda hamisha og‘ir bahs kechadi. Bu yerda chempionat doirasida 2002 yildan beri yutmagandik. Birinchi bo‘lib gol ura olmadik. Vaziyatlarni yuzaga keltirdik, oxirgi aniq uzatma yetishmadi. Gol o‘tkazib yuborgan bo‘lishimizga qaramay, g‘alaba qozondik. Jamoa xarakter ko‘rsatdi. Chempionlikka shunday yutuqlar bilan erishiladi.

Avvalgidek o‘ynay olmaganimiz sababini turli narsalardan izlamayman. Ba’zida shunday bo‘lib turadi. Barcha biz bilan yaxshi o‘yin ko‘rsatishni istaydi. Mezbonlar kubokdagi og‘ir o‘yindan so‘ng ham jiddiy qarshilik ko‘rsatishdi. Balki, yetarlicha ruhan hozirlana olmagandirmiz. Birgina holatni aytmagan bo‘lardim.

Biz futbol o‘ynagani kelamiz. Agar jamoamdan kimdir o‘zini madaniyatsiz tutgan bo‘lsa, unda klub va rahbariyat nomidan kechirim so‘rayman. Lekin muxlislardan ham o‘zlarini yaxshiroq tutishlari, jamoa a’zolari oilalarini haqorat qilmasligini so‘rardim. Biz futbolchilar bilan zarur suhbat o‘tkazamiz", - deb gruziyalik mutaxassisning so‘zlarini keltirib o‘tdi klub matbuot xizmati.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 4
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 12
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 44
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 32
  • Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi 05 мая, 20:13 46
  • Shomurodov o‘z nomini tarixga muhrladi 05 мая, 20:03 234
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 0
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 0
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 0
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 4
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 12
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 44
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 41
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 9
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 41
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 32
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 32
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 71
  • Bo‘limlar