“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 13:19
ЎЗO‘Z

Kurashchilarimiz Osiyo chempionatining birinchi kunida 12 ta medalni qo‘lga kiritishdi

20 iyun, 16:00 3 254 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Kurashchilarimiz Osiyo chempionatining birinchi kunida 12 ta medalni qo‘lga kiritishdi Ayni kunlarda Tailandning Pattayya shahrida kurash bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

19 iyun kuni musobaqaning birinchi kunida -81 kg, -90 kg, -100 kg va 100 kilogrammdan yuqori vazndagi o‘g‘il bolalar hamda -44 kg, -48 kg, -52 kg, -57 kg vazn toifalaridagi qizlar o‘rtasida bahslar o‘tkazildi.

«Qit’a birinchiligining ilk kunida vakillarimiz 12ta (6ta oltin va 6ta kumush) medalni qo‘l kiritishdi. E’tiborli jihati, birinchi kungi bahslarda yigitlarimiz barcha vazn toifalarida yaqqol ustunlik bilan birinchi va ikkinchi o‘rinlarni band etishdi. Qizlarimizdan esa Iroda Mamasheva (-57 kg), Zarnigor Rahmiddinova (-52 kg) oltin, Barno Malikova (-44 kg) va Dillola Dehqonboyeva (-48 kg) kumush medalga sazovor bo‘lishdi», deyiladi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabarida.

Quyidagi Osiyo chempionatining dastlabki natijalari bilan tanishishi mumkin:

O‘g‘il bolalar
-81 kg

1-o‘rin: Umar Bozorov (O‘zbekiston)
2-o‘rin: Erkin Qozoqov (O‘zbekiston)
3-o‘rin: Chang Chi-Feng (Xitoy Taypei)
3-o‘rin: Bui Thein Hoang (Vetnam)

- 90 kg
1-o‘rin: Chahobiddin Hamroyev (O‘zbekiston)
2-o‘rin: Arnold Normo‘minov (O‘zbekiston)
3-o‘rin: Fan Kuan-Yu (Xitoy Taypei)
3-o‘rin: Sim Hyongbin (Janubiy Koreya)

-100 kg
1-o‘rin: Ro‘ziboy Narzullayev (O‘zbekiston)
2-o‘rin: E’zozbek Ravshanov (O‘zbekiston)
3-o‘rin: Harsh Ritolia (Hindiston)
3-o‘rin: Kim Jayemin (Janubiy Koreya)

+100 kg
1-o‘rin: Beknazar To‘raqulov (O‘zbekiston)
2-o‘rin: Umidjon Idiyev (O‘zbekiston)
3-o‘rin: Yanobabhi Dhananjaydn (Hindiston)
3-o‘rin: Phuvaded Charmchureye (Tailand)

Qizlar
-44 kg

1-o‘rin: Laxmi Kumari (Hindiston)
2-o‘rin: Barno Malikova (O‘zbekiston)
3-o‘rin: Chanida Khetrat (Tailand)
3-o‘rin: Damor Vishakha (Hindiston)

-48 kg
1-o‘rin: Do Tu Ha (Vetnam)
2-o‘rin: Dillola Dehqonboyeva (O‘zbekiston)
3-o‘rin: Hung Tzu-Yi (Xitoy Taypei)
3-o‘rin: Bui Ti Minh Anh (Vetnam)

-52 kg
1-o‘rin: Zarnigor Rahmiddinova (O‘zbekiston)
2-o‘rin: Sung Ya-Ting (Xitoy Taypei)
3-o‘rin: Yong Lian (Xitoy Taypei)
3-o‘rin: Navmiti (Hindiston)

-57 kg
1-o‘rin: Iroda Mamasheva (O‘zbekiston)
2-o‘rin: Ven Yun-Hua (Xitoy Taypeyi)
3-o‘rin: Kristi Charma (Nepal)
3-o‘rin: Kannika Klimali (Xitoy Taypei)

Musobaqa davom etmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Laporta Xavini qanday va’dalar bilan olib qoldi? 27 apr, 10:16 28
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 230
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 131
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 305
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 122
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 151
  • So'nggi yangiliklar
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 0
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 0
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 7
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 12
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 29
  • Laporta Xavini qanday va’dalar bilan olib qoldi? 27 apr, 10:16 28
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 23
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 214
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 57
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 231
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 131
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 230
  • Bo‘limlar