“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 00:12
ЎЗO‘Z

12 yil avval «kelishilgan o‘yinlarni tashkil etgani» uchun chetlatilgan hakam PFLga yangi rahbar bo‘ldi

17 iyun, 22:03 3 585 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
12 yil avval «kelishilgan o‘yinlarni tashkil etgani» uchun chetlatilgan hakam PFLga yangi rahbar bo‘ldi Sobiq futbol hakami Davron Shoqurbonov O‘zbekiston Professional futbol ligasining yangi direktori lavozimini egalladi. Bu haqda Tribuna.uz nashri ma’lum qildi.

17 iyun kuni O‘FA vitse-prezidenti Ravshan Ermatov ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda shu haqdagi qaror qabul qilingan.

Davron Shoqurbonov bu lavozimda bugun iste’foga chiqqan Omon G‘ofurov o‘rnini egalladi.

GoSport manbasi ma’lumotiga ko‘ra, mazkur lavozim uchun bir yo‘la uch nafar nomzod ko‘rib chiqilgan. Asosiy nomzodlar qatorida Malayziyada OFK Musobaqalar tashkil qilish va o‘tkazish Departamenti Terma jamoalar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlayotgan Avaz Berdiqulov ham bor edi. Ammo Berdiqulov OFKdagi ishi sabab bu taklifga rad javobini bergan.

Shu boisdan PFL oxirgi variant sifatida Davron Shoqurbonov nomzodiga to‘xtagan.

Ayni vaqtda 47 yoshda bo‘lgan Davron Shoqurbonov so‘nggi yillarda Toshkentning «Bunyodkor» klubida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.

Ma’lumot uchun, Shoqurbonov 12 yil muqaddam, 2007 yil iyulida O‘zbekiston futbolining o‘sha vaqtdagi rahbariyati tomonidan hakamlikdan chetlatilgan. O‘zbekiston futbol federatsiyasi tomonidan shu munosabat bilan e’lon qilingan maqolada u «kelishilgan o‘yinlarni tashkil etgani» uchun chetlatilgani qayd etilgan.

«O‘FFning futbol bo‘yicha musobaqalarini boshqaradigan hakam va inspektorlarning faoliyatini tartibga solish, adolatsiz hakamlikni oldini olish va ularga barham berish, shuningdek, ishqibozlar orasida futbolning nufuzini yanada oshirish maqsadida S.Ermatov, R.Seraziddinov, G.Imomov, R.Aytekov, A.Kovalenko, D.Shoqurbonov, J.Saidov, Z.Qodirov va N.Ro‘zimovlar O‘FFning hakamlar va inspektorlar ro‘yxatidan chiqarildi.

Ular, yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, etik va ma’naviy me’yorlarning buzganligi, jamoalarga yon bosganligi va ularni qo‘llab-quvvatlaganligi, o‘z vakolatlarini o‘zboshimchalik bilan oshirganligi, qoidalarning qasddan buzilishiga yo‘l qo‘ygani, shuningdek, jamoalar o‘rtasidagi «kelishilgan o‘yin»larni tashkil etganligi uchun munosib jazolandi», deyiladi 2007 yil O‘zbekiston futbol federatsiyasi saytida e’lon qilingan xabarda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 0
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 46
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 266
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 65
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 48
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 228
  • So'nggi yangiliklar
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 0
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 0
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 16
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 46
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 20
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 63
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 54
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 90
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 266
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 130
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 21
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 155
  • Bo‘limlar