“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 20:35
ЎЗO‘Z

Amerika Kubogi. Keyrush boshchiligidagi Kolumbiya termasi Argentinani mag‘lub etdi (video)

16 iyun, 09:53 2 743 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Amerika Kubogi. Keyrush boshchiligidagi Kolumbiya termasi Argentinani mag‘lub etdi (video) Amerika Kubogi-2019 musobaqasining 1-turidan o‘rin olgan Argentina va Kolumbiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. “Fonte Nova” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda kolumbiyaliklarning qo‘li baland keldi.

O‘yin o‘rtacha tempda boshlandi va keskin to‘qnashuvlarga boy bo‘ldi. Tanaffusga qadar Kolumbiya futbolchilari kichik ustunlikka ega bo‘lishdi, biroq buni hisobda aks ettira olishmadi.

Ikkinchi bo‘limni ham nominal mehmonlar faol boshlashdi, vaqt o‘tgan sari argentinaliklar ham raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlar yaratishdi.

Ammo birinchi bo‘lib hisobni ochish kolumbiyaliklarga nasib etdi. 71-daqiqada Roxer Martines chap qanotda Xames Rodrigesdan uzatma qabul qilib oldi va markaz tomon yurib, himoyachini ortda qoldirgan holda kuchli zarba yo‘llab, darvozani ishg‘ol qildi.

Goldan keyin ham xuddi avvalgi daqiqalardagidek Lionel Messi jamoadoshlari oldingi chiziqda hech narsa qila olishmadi. 86-daqiqada Kolumbiya ikkinchi golni urdi, chap qanotdan uzatib berilgan to‘pni Duvan Sapata darvzozaga “mixlab” qo‘ydi.

Shu tariqa, Karlush Keyrush shogirdlari uch ochkoni qo‘lga kiritgan holda guruhda yetakchi bo‘lib olishdi. Ushbu guruhning ikkinchi o‘yini bugun tunda bo‘lib o‘tadi. Unda Paragvay va Qatar termalari to‘qnash kelishadi.

Amerika Kubogi, 1-tur

Argentina – Kolumbiya 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar:
0:1 – 71 Martines, 0:2 – 86 Sapata.

Argentina – Armani, Petsselya, Talyafiko, Saraviya, Otamendi, Lo Chelso, Paredes, Rodriges (Pisarro, 67), Di Mariya (de Paul, 46), Messi, Aguero (Suares, 79).
Kolumbiya – Ospina, Mina, Tesilo, Medina, Sanches, Kuadrado (Lerma, 64), Barrios, Uribe, Xames, Muriel (Martines, 14), Falkao (Sapata, 81).
Ogohlantirishlar: Falkao (19), Rodriges (42), Saraviya (52), Paredes (55), Kuadrado (60), Sapata (87), Lerma (90+4).
***
Martinesning golini tomosha qiling:




Mavzuga oid yangiliklar
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 17
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 18
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 145
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 100
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 123
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 166
  • So'nggi yangiliklar
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 1
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 2
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 26
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 47
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 17
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 30
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 18
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 25
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 16
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 24
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 71
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 40
  • Bo‘limlar