“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 20:33
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston bosh prokurori YeChL finalida «Liverpul»ga muxlislik qiladi

01 iyun, 23:00 3 138 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston bosh prokurori YeChL finalida «Liverpul»ga muxlislik qiladi Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar ligasining 2018/2019 yilgi mavsumi final uchrashuvi 1 iyun, shanba kuni Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi. G‘oliblik uchun Angliyaning «Liverpul» va «Tottenhem» jamoalari o‘zaro kurash olib boradi.

Final oldidan Repost nashri o‘zbekistonlik amaldorlar o‘rtasida so‘rov o‘tkazdi. Unda, jumladan, O‘zbekiston bosh prokurori Otabek Murodov, Yoshlar Ittifoqi raisi Qahramon Quronboyev, AKT vaziri birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev ham qatnashgan.

Otabek Murodov, bosh prokuror: «Futbolni juda yaxshi ko‘raman, lekin musobaqani kuzatib borishga amalda imkon bo‘lmayapti. Shanba kuni bo‘ladigan o‘yinni ko‘rishga harakat qilaman, albatta. ‘Liverpul’ga muxlislik qilaman, chunki bu katta tajriba va nufuzga ega kuchli jamoa».

Qahramon Quronboyev, Yoshlar Ittifoqi raisi: «Mening taxminim — ‘Liverpul’ 3:1 hisobida g‘alaba qozonadi. Agar o‘yin kuni Toshkentda bo‘lsam, finalni albatta tomosha qilaman».

Rasul Kusherbayev, deputat: «‘Liverpul’ga muxlislik qilaman. Ko‘p yillardan beri ushbu jamoa o‘yinlarini kuzatib kelaman. Klubning barcha futbolchilari orasida Muhammad Salohni eng yaxshisi, deb hisoblayman».

Olimjon Umarov, AKT vaziri birinchi o‘rinbosari: «15 yoshimdan beri ‘Liverpul’ga muxlislik qilaman, shu bois finalda ham aynan ularga muxlislik qilaman».




Mavzuga oid yangiliklar
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 141
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 34
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 238
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 121
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 231
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 64
  • So'nggi yangiliklar
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 2
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 10
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 33
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 40
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 141
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 34
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 62
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 38
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 238
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 309
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 58
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 221
  • Bo‘limlar