“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 02:08
ЎЗO‘Z

WBA reytingida Shahram G‘iyosov va Isroil Madrimov yuqoriga ko‘tarildi

01 iyun, 18:48 2 935 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
WBA reytingida Shahram G‘iyosov va Isroil Madrimov yuqoriga ko‘tarildi Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) professional bokschilarning yangi reytingini e’lon qildi. Unda o‘zbekistonlik ikki bokschi Shahram G‘iyosov (8 ta g‘alaba, 6 ta nokaut) va Isroil Madrimov (2 ta g‘alaba, 2 ta nokaut) yuqorilashga muvaffaq bo‘ldi, deya xabar berdi GoSport.

Super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Shahram G‘iyosov may oyi uchun chiqarilgan reytingda aprel oyiga nisbatan bir pog‘ona yuqorilab, 13-o‘ringa joylashdi. U fevral oyi uchun chiqarilgan reytingda kuchli 15 talikni tark etgandi.

Ma’lumot uchun, Shahram aprel oyi so‘ngida amerikalik Emmanuel Teylorni ochkolar hisobida mag‘lubiyatga uchratib, WBA International chempionlik kamarini qo‘lga kiritgandi.

Yangilangan reytingda super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasi vakili Isroil Madrimov (2 ta g‘alaba, 2 ta nokaut) ham yuqorilashga muvaffaq bo‘ldi. Bu safar Madrimov bir pog‘ona yuqorilab, mart oyida bo‘lgani kabi 6-pog‘onaga qaytdi.

Ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Murodjon Ahmadaliyev (6 ta g‘alaba, 5 ta nokaut) o‘tgan oydagi kabi ikkinchi o‘rinda, super yengil (-63,5 kg) vazn toifasi vakili Shohjahon Ergashev (16 ta g‘alaba, 14 ta nokaut) esa reytingda 4-o‘rinda qolgan. Reytingdan o‘zbekistonlik boshqa sportchilar o‘rin olmagan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 20
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 21
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 67
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 40
  • Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi 05 мая, 20:13 53
  • Shomurodov o‘z nomini tarixga muhrladi 05 мая, 20:03 264
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 19
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 7
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 33
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 20
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 21
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 67
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 60
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 16
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 52
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 41
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 40
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 88
  • Bo‘limlar