“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 01:21
ЎЗO‘Z

Namanganda kechgan vodiy derbisida murosa yo‘li tanlandi

25 мая, 21:00 2 850 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Namanganda kechgan vodiy derbisida murosa yo‘li tanlandi O‘zbekiston chempionatining 10-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Andijon” uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Namanganda bo‘lib o‘tgan bahsda durang natija qayd etildi.

Uchrashuvni har ikki jamoa vakillari faol boshlashdi, biroq birinchi bo‘lib gol urish andijonliklarga nasib etdi. 18-daqiqada Oybek Qilichevning burchakdan uzatib bergan to‘pini Ro‘zimboy Ahmedov boshi bilan darvozaga aniq yo‘llab, sobiq jamoasi darvozasini ishg‘ol qildi.

Ikkinchi bo‘limni mezbonlar qator hujumlar bilan boshlashdi, hisob esa 78-daqiqada tenglashdi. Aziz Ibragimov himoyachilardan qaytgan to‘pni Mirniy darvozasiga joylab qo‘ydi.

Qolgan daqiqalar oldingilaridek keskin ruhda o‘tdi, ayniqsa o‘yin yakunlanishi arafasida maydonda va tribunada tartibsizliklar yuzaga keldi. Hisob esa o‘zgarmay qoldi.

"Navbahor" ushbu o‘yindan keyin ochkolarini 14 taga yetkazib olgan holda to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi. “Andijon” (8) esa 11-pog‘onaga chiqib oldi.

“Navbahor” – “Andijon” 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar:
0:1 – 18 Ahmedov, 1:1 – 78 Ibragimov.

"Navbahor": 23. Dilshod Haroyev, 6.Oston O‘runov (14. Bahodir Nasimov, 67), 7.Azim Ahmedov, 9.Ivan Solovyov, 11.Aleksandr Kasyan, 15.Obid Jo‘raboyev (5. Slavko Lukich), 19.Mirzohid G‘ofurov, 22.Igor Golban, 30.Abdujamol Isroilov, 32.Jahongir Mehmonov, 70. Abbos G‘ulomov (4. Aziz Ibragimov, 57).

"Andijon": 77. Vitaliy Mirniy, 3. Bobir Omonov, 7. Oybek Qilichev, 8. Farhod Bekmuratov, 10. Shahzod Ubaydullayev, 21. Ildar Mamatkazin, 22. Ro‘zim Ahmedov, 24. Doniyor Ismoilov (23. Abdurahmon Abdulhaqov), 26. Radosav Aleksich, 75. Asror G‘ofurov, 88. Abror Xusinov (4. Farhod Mirahmatov, 44).

Ogohlantirishlar: Husinov (37), Solovyov (39), Ismoilov (39), Aleksich (53), Bekmurodov (84).




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 18
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 23
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 204
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 305
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 240
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 149
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 18
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 23
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 51
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 16
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 30
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 86
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 115
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 84
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 20
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 28
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 89
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 124
  • Bo‘limlar