“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 19:32
ЎЗO‘Z

“Dinamo” o‘z maydonida “Qizilqum” bilan durang o‘ynadi

25 мая, 19:55 2 654 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Dinamo” o‘z maydonida “Qizilqum” bilan durang o‘ynadi O‘zbekiston chempionatining 10-turidan o‘rin olgan “Dinamo” – “Qizilqum” uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Samarqandda bo‘lib o‘tgan bahsda jangovar durang qayd etildi.

Uchrashuvni mehmonlar faol boshlashdi, 6-daqiqada mezbonlar Elguja Grigalashvilini o‘z jarima maydonchalarida yiqitishdi. Biroq penaltidan gruziyalik futbolchi unumli foydalana olmadi.

Oradan ko‘p o‘tmay navoiyliklar o‘z maqsadlariga erishdilar, Grigalashvili chap qanotda himoyachini chiroyli tarzda aldab o‘tib markazga uzatmani amalga oshirdi. U yerda Alisher Sanoyev to‘pni darvozaga to‘g‘irlab yubordi.

Ammo maydon egalari bunga tuzda javob qaytarishdi, 13-daqiqada mezbonlar standart vaziyatni golga aylantirishdi. Burchak to‘pi o‘yinga kiritilgach, Sardor Eminov qanotdan to‘pni jarima maydoniga uzatdi, to‘pga birinchi bo‘lib yetib kelgan Qadamboy Nurmetov muvozanatni tikladi. Tanaffusga qadar ikki jamoada ham bir qator imkoniyatlar yuzaga keldi, ayniqsa samarqandliklar hujumda juda faol bo‘lishdi. Biroq birinchi bo‘limda boshqa gol bo‘lmadi.

Ikkinchi bo‘lim debyuti ham mehmonlarga omadli keldi. 52-daqiqada Xurshid Olimov chap qanotdan havolatib to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib berdi. U yerda to‘pni qabul qilib olgan Sanoyev himoyachini aldab o‘tgan holda darvozani aniq nishonga oldi.

Shundan keyin mezbonlar yana hujumga zo‘r berishdi va ketma-ket urinishlar 74-daqiqada o‘z samarasini berdi. Burchakdan uzatib berilgan to‘pga Dilmurod Karimov boshi bilan zarba berdi, uning zarbasi to‘singa tegib qaytdi. Qaytgan to‘pni Amirjon Safarov bo‘sh qolgan darvozaga joylab qo‘ydi va muvozanatni tikladi. Qolgan daqiqalarda ham jamoalar hujumdan to‘xtashmadi, biroq hisob o‘zgarmadi.

Shu tariqa, “Dinamo” ochkolarini 14taga yetkazib olgan holda 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Qizilqum” (10) 10-pog‘onada qoldi.

“Dinamo” – “Qizilqum” 2:2 (1:1, 1:1)
Gollar:
0:1 – 7 Sanoyev, 1:1 – 13 Nurmetov, 1:2 – 52 Sanoyev, 2:2 – 74 Safarov.

Amalga oshirilmagan penalti: Grigalashvili (6).

“Dinamo” – 1.Botirali Ergashev, 2.Mirkomil Loqayev, 4.Hakimxon A’lamxonv, 7.Jasur Azimov, 11.Qadamboy Nurmetov, 16.Bobur Qosimov (14. Vohid Shodiyev, 59), 20.Siroj Hamroyev (44. Dimurod Karimov, 55), 23.Sardor Eminov, 24. Jasur O‘rinov, 27.Ixtiyor Toshpo‘latov, 34.Shoxrux Abdurahmonov (10. Amirjon Safarov, 66).

“Qizilqum” – 22. Artem Makosin, 4.Erkin Boydullayev, 7.Murodbek Bobojonov, 10. Alisher Sanoyev, 17. Salim Mustafoyev, 18. Eldor Boymatov, 19. Mirjalol Qosimov, 23. Sherali Jo‘rayev (28. Sardor Jahonov, 80), 25. Azizbek Usmonov, 30. Elguja Grigalashvili, 44. Maqsud Karimov.

Ogohlantirishlar: Olimov (54), Karimov (63), Jahonov (84).




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 20
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 102
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 202
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 134
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 57
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 207
  • So'nggi yangiliklar
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 20
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 19
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 102
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 72
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 39
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 50
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 40
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 119
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 65
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 100
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 43
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 42
  • Bo‘limlar