“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 23:27
ЎЗO‘Z

Messi: «YeChLda g‘olib chiqamiz, deb va’da bermagandim»

25 мая, 14:08 2 114 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Messi: «YeChLda g‘olib chiqamiz, deb va’da bermagandim» «Barselona» bugun «Valensiya»ga qarshi kechadigan Ispaniya kubogi finali bilan mavsumni yakunlaydi. Mazkur o‘yin oldidan jamoa yetakchisi Lionel Messi to‘rt yil ichida ilk marotaba matbuot anjumanida qatnashdi.

BBC`ning xabar berishicha, Leo YeChL yarim finalida «Liverpul»dan qabul qilingan og‘ir mag‘lubiyatni hamon unuta olmagani va buning alamini yumshatish uchun ham Ispaniya kubogi finalida g‘olib chiqmoqchi ekanini aytgan. U «Enfild»dagi omadsizlikni faoliyatidagi eng yomon damlardan biri sifatida qayd etgan.

«O‘sha o‘yinning ikkinchi bo‘limi uchun muxlislarimizdan uzr so‘rashimiz kerak. Natija uchun emas, balki ko‘rsatgan o‘yinimiz uchun, kurashmaganimiz uchun kechirim so‘rashimiz joiz», – deb aytgan u.

Messi ushbu mag‘lubiyat uchun bosh murabbiy Ernesto Valverde aybdor emasligini ta’kidlash barobarida uning o‘z lavozimida qolishini istashini ma’lum qilgan.

«Valverde faoliyatini davom ettirishini xohlayman. O‘tgan mavsumda ikkita sovrin yutgandik, bu mavsum ham shunday qila olamiz», – degan argentinalik hujumchi.

Leo «Siz o‘zingiz-chi, «Barselona»dan ketish haqida hech o‘ylab ko‘rdingizmi?» degan savolga: «Yo‘q, yo‘q, yo‘q», – deya javob bergan:

«Milliy jamoamda ham muammolarga duch kelardim, lekin shunga qaramay hamon Argentina bilan ham sovrin yutish istagidaman. Chempionlar ligasidan chiqib ketganimiz «Barselona»da bo‘lish xohishimni yo‘qota olmaydi».

«Men Chempionlar ligasida g‘alaba qozonimiz, deb va’da bermagandim. Men faqat g‘alaba uchun bor imkoniyatimizni ishga solishni va’da qilganman», – deya qo‘shimcha qilgan u.

10-raqam egasi qatorasiga 3-marta, jami 6-marta «Oltin butsa» sovrinini qo‘lga kiritish arafasida turganiga qanday munosabatda ekanini ham bildirib o‘tgan.

«Bu haqda o‘ylayotganim yo‘q, chunki Liverpuldagi o‘yindan keyin hamon ko‘nglimiz yorishmayapti. Bu biz uchun katta zarba bo‘ldi. Bunday holatda shaxsiy sovrinlar ko‘nglimga sig‘maydi. Men, shunchaki, finalda g‘alaba qozonib, mavsumni yana bitta kubok bilan tugatishni istayapman.

«Liverpul» bilan bahsni hisobga olmaganda, mavsum juda zo‘r o‘tdi. Birgina o‘sha uchrashuv ajoyib mavsumimizga dog‘ bo‘lib tushdi».

«Barsa» sardori «Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmann jamoaga qo‘shilishi haqidagi savolga javobni qisqa qilgan:
«Grizmann? U haqida o‘ylamayapman».

Ispaniya kubogi finalining «Barselona»–«Valensiya» uchrashuvi bugun Sevilyadagi «Benito Villamarin» stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan yakshanbaga o‘tar kechasi soat 00:00da boshlanadi.

Ma’lumot uchun, kataloniyaliklar klubining asosiy darvozaboni Mark-Andre ter Stegen tizzasidagi jarohat sabab bu bahsda jamoasiga yordam bera olmaydi. Shuningdek, jamoa hujumchisi Filippe Koutino jarohatidan sog‘ayib, safga qaytgan, ammo uning asosiy tarkibda tushishi so‘roq ostida.

«Valensiya» a’zolaridan esa Denis Cherishevda shikastlanish bor. Shunga qaramay, vinger jamoa bilan Sevilyaga kelgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 0
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 0
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 17
  • Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi 05 мая, 20:13 35
  • Shomurodov o‘z nomini tarixga muhrladi 05 мая, 20:03 154
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 113
  • So'nggi yangiliklar
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 0
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 0
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 1
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 8
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 17
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 32
  • Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi 05 мая, 20:13 35
  • Shomurodov o‘z nomini tarixga muhrladi 05 мая, 20:03 154
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 43
  • Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir» 05 мая, 19:13 135
  • Turkiyaning kutilmagan qadami: Isroil bilan savdo to‘xtatilgani nimani anglatadi? 05 мая, 18:44 141
  • Xalqaro moliya bozori sharhi: oltin va neft arzonlashdi 05 мая, 18:15 29
  • Bo‘limlar