“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 00:10
ЎЗO‘Z

OChL pley-offiga chiqish O‘zbekiston klublari uchun uddalab bo‘lmas vazifaga aylanmoqda

21 мая, 14:11 2 480 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
OChL pley-offiga chiqish O‘zbekiston klublari uchun uddalab bo‘lmas vazifaga aylanmoqda Dushanba kuni «Paxtakor» OChL guruh bosqichining 6-turi doirasida «Al-Ahli» mehmoni bo‘lib, 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi va guruhda uchinchi o‘rinni band etdi.

Bunga qadar, 5-turdan keyin «Lokomotiv» pley-off yo‘llanmasini boy bergandi. «Temiryo‘lchilar» bugun Qatarning «Ar-Rayyan» klubini qabul qilishadi.

Shu tariqa, Osiyo Chempionlar ligasining qatorasiga 3-mavsumida O‘zbekistondan birorta ham klub pley-offda qatnashmaydigan bo‘ldi. Oxirgi marta 2016 yilda «Lokomotiv» chorak finalga qadar yetib borgandi.

Umuman, OChLda guruhdan chiqish O‘zbekiston klublari uchun tobora uddalab bo‘lmas vazifaga aylanib bormoqda. 2009-2010 yillarda O‘zbekistonning 2tadan klubi («Bunyodkor» va «Paxtakor») pley-offda qatnashgan bo‘lsa, 2011-2014 yillarda faqat 1ta o‘zbek jamoasi («Bunyodkor») guruhdan chiqa oldi. 2015 yildan keyingi davrda esa, ya’ni oxirgi 5 mavsumdan 4tasida o‘zbek klublari guruhda qolib ketdi.

So‘nggi uch mavsumda O‘zbekiston klublari OChL guruh bosqichida jami 35ta o‘yin o‘tkazib, ularda 10ta g‘alaba, 7ta durang va 18ta mag‘lubiyat qayd etdi. To‘plar nisbati 43-57ni tashkil etmoqda. Bu bir o‘yinda o‘rtacha 1,2tadan gol urilgani, 1,6tadan gol o‘tkazib yuborilganini bildiradi.

Oxirgi uch yilda faqat bir klub – «Lokomotiv» faqat bir marta turnirni ijobiy to‘plar nisbati bilan yakunladi. 2018 yilda «Loko»da bu ko‘rsatkich +4 bo‘lgandi. Qolgan 6ta holatdan 4tasida o‘zbek jamoalarining o‘tkazib yuborgan gollari soni urgan gollaridan ko‘proq bo‘ldi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 4
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 12
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 44
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 32
  • Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi 05 мая, 20:13 46
  • Shomurodov o‘z nomini tarixga muhrladi 05 мая, 20:03 234
  • So'nggi yangiliklar
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 0
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 4
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 12
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 44
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 41
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 9
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 41
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 32
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 32
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 71
  • Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi 05 мая, 20:13 46
  • Shomurodov o‘z nomini tarixga muhrladi 05 мая, 20:03 234
  • Bo‘limlar