“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 23:35
ЎЗO‘Z

Shahram G‘iyosov va Murodjon Ahmadaliyev ilk marta WBC reytingidan joy oldi

17 мая, 18:40 3 291 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shahram G‘iyosov va Murodjon Ahmadaliyev ilk marta WBC reytingidan joy oldi Professional boksning nufuzli yo‘nalishi sanalgan WBC aperl oyi uchun yangi reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik to‘rt nafar bokschi mazkur reytingdan o‘rin egalladi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri xabar bermoqda.

Super o‘rta (-76,2 kg) vazn toifasida ringga ko‘tarilayotgan o‘zbekistonlik Azizbek Abdug‘ofurov (12-0, 4 KO) yangi reytingda bir oy oldingi pog‘onasidan bitta o‘rin yuqorilab, 4-pog‘onaga joylashgan. WBC Silver kamari sohibi bo‘lgan Azizbek yaqin vaqtlar ichida kamarini himoya qilishi shart bo‘ladi.

Yarim o‘rta (-66,68 kg) vazn toifasi vakili Qudratillo Abduqahhorov (16-0, 9 KO) esa reytingda bir oy oldingi o‘rni — 4 o‘rnini saqlab. Ayni vaqtda u IBF reytingida birinchi, WBO reytingida esa 9-o‘rinlarni egallab turibdi.

WBC reytingidan ilk marta yana ikki nafar o‘zbekistonlik bokschi joy oldi. Ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Murodjon Ahmadaliyev (6-0, 5 KO) mazkur reytingda 22-o‘rinda qayd qilingan bo‘lsa, super yengil (-63,5 kg) vazn toifasi vakili Shahram G‘iyosov (8-0, 6 KO) 34-pog‘onadan joy olgan. Ahmadaliyev ayni vaqtda WBA yo‘nalishi reytingida 2-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, Shahram G‘iyosov o‘z vaznida 14-pog‘onadan joy olgan.

WBC yo‘nalishi bo‘yicha reytingda o‘zbekistonlik boshqa bokschilar o‘rin olishmagan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 0
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 0
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 0
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 0
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 0
  • Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida 03 мая, 22:29 1
  • So'nggi yangiliklar
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 0
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 0
  • Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida 03 мая, 22:29 0
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 2
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 14
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 7
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 6
  • Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi 03 мая, 20:30 36
  • Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi 03 мая, 20:05 26
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 138
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 34
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 58
  • Bo‘limlar