“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 15:18
ЎЗO‘Z

“Bavariya”ning sobiq prezidentiga ishlash uchun qamoqdan chiqishga ruxsat berildi

02 yanv, 21:48 6 268 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Bavariya”ning sobiq prezidentiga ishlash uchun qamoqdan chiqishga ruxsat berildi Soliq to‘lamagani uchun 3,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Myunxenning “Bavariya” futbol klubi sobiq prezidenti Uli Hyoness mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qamoqdan chiqishga ruxsat oldi. Bu haqda Bavariya federal eri adliya vaziri vakili ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.

Hyoness butun kun davomida qamoqdan tashqaridagi ish joyida bo‘lishi mumkin, biroq tunni hibsda o‘tkazishi shart. Avvalroq, “Bavariya” vakillari Hyoness klub tuzilmasida qolishi va 62 yoshli mutaxassis jamoa yoshlari bilan ishlashda davom etishini bir necha bor ta’kidlashgandi.

2014 yilning 13 mart kuni Myunxen sudi Uli Hyonessni soliqlarni to‘lamaganligi uchun 3,5 yilga ozodlikdan mahrum etish haqida hukm chiqargan. Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, klubning sobiq prezidenti davlatdan 28,5 million evro miqdoridagi daromadini yashirgan.

Ayblovchi tomon Hyonessni 5,5 yilga ozodlikdan mahrum etishni so‘ragan edi. Sud esa Hyonessning aybiga iqror bo‘lgani, avvallari jinoiy javobgarlikka tortilmaganini hisobga olib, jazo muddatini qisqartirgan.

Uli Hyoness 2 iyundan beri jazo muddatini Myunxen yaqinidagi Lansdberg-on-Lex shahridagi qamoqxonada o‘tkazmoqda.

Manba: Kun.uz .




Mavzuga oid yangiliklar
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 1
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 7
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 41
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 26
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 38
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 26
  • So'nggi yangiliklar
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 1
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 0
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 1
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 7
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 7
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 41
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 42
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 26
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 38
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 26
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 74
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 44
  • Bo‘limlar