“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 23:42
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonlik kursant Bekzod Nurmatov yana oltin medalni qo‘lga kiritdi (video)

30 apr, 08:43 4 017 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonlik kursant Bekzod Nurmatov yana oltin medalni qo‘lga kiritdi (video) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasining 4-bosqich kursanti Bekzod Nurmatov Rossiyaning Vladivostok shahrida 24-29 aprel kunlari o‘tkazilgan jangovar samboning “A” seriyasiga kiruvchi chempionatda ham navbatdagi g‘alabaga erishdi.

Yevropa hamda Osiyoning 15 davlati, shuningdek, Rossiyaning 20 dan ortiq viloyatidan kelgan 200 nafardan ziyod sambochilar Yaqin Sharq federal universiteti sport zalida “Yuriy Potapov memoriali” nomidagi 22-xalqaro turnirda o‘zaro kuch sinashdi.

82 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz Bekzod Nurmatov finalda rossiyalik kuchli raqib, Ivan Grachovga qarshi tatamiga chiqib, 9:0 hisobida mutlaq g‘alabaga erishdi.

Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan Bekzod O‘zbekiston nomini jahon arenasiga olib chiqishi birinchi bor emas. U 2016 yili, Akademiyada 1-kursligidayoq Germaniyada o‘tkazilgan qo‘l jangi bo‘yicha xalqaro chempionatda kumush medalni qo‘lga kiritgan edi.

Uch karra Osiyo va xalqaro turnirlar g‘olibi, jahon chempioni hamda jahon kubogi sohibi Bekzod Nurmatov joriy yilning aprel oyi boshida Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida o‘tkazilgan aralash kurashning Gran-pri turkumiga kiruvchi “Batir bashi” IV etnoturnirida ham g‘alabaga erishib, chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Superligada aprel oyining eng yaxshisi bo‘lishga nomzodlar 08 мая, 23:22 0
  • Superliga. 7-tur o‘yinlarining boshlanish vaqtlari e’lon qilindi 08 мая, 23:07 0
  • O‘FA rahbariyati Germaniya yoshlar futboli murabbiyi bilan uchrashdi 08 мая, 22:53 0
  • Bogdan Guskov: "Birinchi sparringdayoq Striklendning jigariga zarba berdim" 08 мая, 22:35 0
  • Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi 08 мая, 21:52 16
  • Tuxel "Real"ga qarshi o‘yin haqida: "Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat" 08 мая, 21:37 20
  • So'nggi yangiliklar
  • Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi 08 мая, 22:57 0
  • O‘FA rahbariyati Germaniya yoshlar futboli murabbiyi bilan uchrashdi 08 мая, 22:53 0
  • Bogdan Guskov: "Birinchi sparringdayoq Striklendning jigariga zarba berdim" 08 мая, 22:35 0
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 2
  • Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi 08 мая, 21:52 16
  • Tuxel "Real"ga qarshi o‘yin haqida: "Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat" 08 мая, 21:37 20
  • AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi” 08 мая, 21:21 67
  • Isroil havo kuchlari Livanga 30 dan ortiq havo zarbalari berdi 08 мая, 20:58 55
  • Litva Ukrainaga qo‘shin yuborishga tayyorligini ma’lum qildi 08 мая, 20:53 156
  • Parhezshunos tvorog iste’moli borasida ogohlantirdi 08 мая, 20:46 36
  • Zelenskiy G‘arbga murojaat qildi 08 мая, 19:00 390
  • Rogov: Xorijiy yollanma askarlar Ukraina uchun jang qilishdan bosh tortmoqda 08 мая, 18:34 359
  • Bo‘limlar