“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 20:11
ЎЗO‘Z

Shota Arveladze: "Paxtakor"da ham o‘yin taqdirini hal etadigan futbolchilar bor

21 apr, 22:48 2 778 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shota Arveladze: "Paxtakor"da ham o‘yin taqdirini hal etadigan futbolchilar bor OChL 4-tur doirasidagi "Al Sadd" - "Paxtakor" uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "sherlar" bosh murabbiyi Shota Arveladze va jamoa sardori Yegor Krimets qatnashishdi.

Shota Arveladze: - "Ochkolar e’tibori bilan juda qiyin va ahamiyatli o‘yin bo‘ladi. Futbol o‘ynashni xush ko‘ruvchi jamoalar ishtirokidagi qiziqarli uchrashuv bo‘lishi shubhasiz. Raqib ham, biz ham o‘yinni nazorat qilishni yoqtiramiz. O‘ylaymanki, muxlislar ertaga jozibador futbol guvohiga aylanishadi. Yo‘qotishlar yo‘q. Safdagi barcha o‘yinga shay holatda. O‘zgarishlar? Buni oldindan aytib bermoqchi emasman. Hammasini ertaga ko‘rasiz.

Guruhimizda kuchli jamoalar jamlangan. Masalan hech bir turda qaysidir jamoaning g‘alabasi men uchun syurpriz bo‘lmaydi. Hozirgi holatda guruhdagi barcha jamoalarda pley-off bosqichiga chiqish imkoniyati mavjud. Har bir o‘yin bir-biridan farq qiladi. Lekin o‘ylashimcha, bo‘lajak bahs ham Toshkentdagidek tomoshabop va qiziqarli o‘tadi. Nafaqat "Al Sadd" tarkibida, balki bizda ham o‘yin taqdirini hal etib qo‘ya oladigan futbolchilar bor. "Paxtakor" safida yuqori sifatli o‘yin ko‘rsatadigan ijrochilar yetarli. Ertaga o‘yinda bunga o‘zingiz guvoh bo‘lishingiz mumkin.

Albatta, har bir o‘yindan keyin raqib haqida yanada yangi va kerakli ma’lumotlar olasiz. Toshkentdagi bahsdan keyin ham odatdagidek o‘yinni qayta ko‘rib, raqibni yanada chuqur o‘rganib chiqdim. O‘zim uchun ba’zi jihatlarni belgilab qo‘ydim. Umid qilamanki, ertaga aynan shu taraflardan foyda chiqaramiz".

Yegor Krimets: - Ertaga juda murakkab bahs bo‘ladi. Har ikkala jamoa uchun bo‘lajak o‘yin ko‘p narsani hal qilib berishi mumkin. O‘ylashimcha, jamoalar jismonan va taktik tomondan o‘yinga tayyor. Umid qilamanki, ertaga g‘alaba va omad biz tomonda bo‘ladi. Qatardan imkon qadar maksimum ochko bilan Toshkentga qaytishga intilamiz. Biz ertaga durang uchun emas, balki maksimum natija, ya’ni g‘alaba qozonish ilinjida maydonga tushamiz.

Manba: championat.asia




Mavzuga oid yangiliklar
  • Osiyo chempionati. O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi bo‘ldi 07 мая, 20:02 0
  • Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi? 07 мая, 18:18 58
  • Fayzullayevga tanqid qanday ta’sir qildi? 07 мая, 18:00 94
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 115
  • Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz! 07 мая, 06:00 346
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 180
  • So'nggi yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 5
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 13
  • Ovqat yegingiz kelmasligi salomatlikdagi jiddiy o‘zgarishlar alomati bo‘lishi mumkin 07 мая, 18:41 12
  • Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi? 07 мая, 18:18 58
  • Dollar kursi yana «sakradi» 07 мая, 18:02 55
  • Fayzullayevga tanqid qanday ta’sir qildi? 07 мая, 18:00 94
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 79
  • Putin beshinchi muddatga Rossiya prezidenti lavozimiga kirishdi 07 мая, 17:41 57
  • Zelenskiy va Budanovni yo‘q qilmoqchi bo‘lgan agentlar fosh etildi 07 мая, 17:34 178
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 243
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 164
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 79
  • Bo‘limlar