“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 07:03
ЎЗO‘Z

Jezualdu Ferreyra: "Ertaga bizni o‘zgacha to‘qnashuv kutmoqda"

21 apr, 22:42 3 005 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jezualdu Ferreyra: "Ertaga bizni o‘zgacha to‘qnashuv kutmoqda" Osiyo Chempionlar ligasi 4-tur doirasidagi "Al Sadd" - "Paxtakor" uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida dastlab mezbonlar vakillari ishtirok etishdi.
Jezualdu Ferreyra: "Ertaga OChL guruh bosqichining ikkinchi davrasiga start beriladi. Toshkentda qiyin bahsni o‘tkazdik. "Paxtakor"ga qarshi ilk o‘yindan keyin tegishli xulosalarni chiqarganmiz. Bizni qiziqarli va shu bilan birga juda qiyin o‘yin kutmoqda. Aytish mumkinki, "Paxtakor" jismonan va taktik taraflama ancha pishiq jamoa. Osiyo chempionlar ligasida oson uchrashuvlarning o‘zi yo‘q. Ayni paytda guruh bosqichidan chiqish vazifasini uddalash haqida o‘ylayapmiz.

Buning uchun esa ertangi bellashuvda g‘alaba qozonish talab etiladi. Shu boisdan ham biz ertangi o‘yinga faqat g‘alabani ko‘zlagan holda maydonga tushamiz. Avval ham aytganimdek, "Paxtakor" to‘pni xush ko‘ruvchi jamoa va biz ertaga ularni o‘z uslubilarida o‘ynashlariga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilamiz. Motivatsiya? Bu taraflama muammo yo‘q. Ertangi o‘yin ahamiyati yuqori. Shu boisdan ham motivatsiya yetishmasligi haqida gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas. Bizni o‘zgacha va maxsus rejalar ostida o‘tadigan qiziq to‘qnashuv kutmoqda".

Hamid Ismoil (futbolchi): - Murabbiyning fikrlariga qo‘shilaman. Bizni ertaga jiddiy va qiziq uchrashuv kutmoqda. Bu jamoaga qarshi ilk o‘yin chiroyli va tomoshabop chiqdi. Ertaga ham muxlislarga yoqadigan o‘yin bo‘lishiga shubha yo‘q. Biz o‘z uyimizda raqibdan ustun kelishga harakat qilamiz. Afif? To‘g‘ri, uning yo‘qligi yo‘qotish. Lekin bizda futbolchilar bir-birini o‘rnini to‘ldirish salohiyatiga ega.

Manba: championat.asia




Mavzuga oid yangiliklar
  • Superliga. “Olimpik” safarda g‘alaba qozondi, "Andijon" esa durangga imzo chekdi 18 мая, 21:54 83
  • Bokschilarimiz Rossiyadagi turnirda 7 ta oltin va 9 ta kumush medallarni qo‘lga kiritishdi 18 мая, 19:19 208
  • O‘zbekiston kubogi. 1/8 final bosqichiga 29 may kuni qur’a tashlanadi 18 мая, 18:59 89
  • Fil Foden APLning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi 18 мая, 16:43 58
  • Madrimov—Krouford oqshomida Shahram G‘iyosov ham ringga ko‘tariladi 18 мая, 09:05 130
  • Xavi eng katta xatosini tan oldi 18 мая, 08:11 223
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukrainaning Xarkov viloyatidan 10 ming nafarga yaqin fuqaro evakuatsiya qilindi 19 мая, 00:50 48
  • Guterrish: Yaqin Sharq faqat Falastin davlati tuzilgandan keyin tinchlanadi 19 мая, 00:32 50
  • Bishkekda yuz bergan tartibsizliklarda 29 kishi yaralandi, 10 kishi hibsga olindi 19 мая, 00:26 147
  • Xitoyda bolalarning ekranga qarash vaqti cheklangani ularning harakatsizligini kamaytirgani aniqlandi 18 мая, 23:23 20
  • Vladimir Putin harbiy rahbariyatni nega almashtirdi? 18 мая, 22:56 167
  • Toshkent viloyatida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketdi 18 мая, 22:30 40
  • Afg‘onistonning G‘or viloyatida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi 18 мая, 22:05 51
  • Superliga. “Olimpik” safarda g‘alaba qozondi, "Andijon" esa durangga imzo chekdi 18 мая, 21:54 83
  • Ukraina AQSHdan Rossiya hududiga zarba berishda yordam so‘radi 18 мая, 21:00 157
  • Rossiya kuchlari Xarkov viloyatining Staritsa hududini egalladi 18 мая, 20:33 197
  • Rossiya bilan yana bir yo‘nalishda strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi 18 мая, 20:10 73
  • Robert De Niro bir yoshli qizi haqida: “Meni shartsiz yaxshi ko‘radigan yagona inson” 18 мая, 19:43 100
  • Bo‘limlar