“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 11:02
ЎЗO‘Z

Gvardiola jamoasi autda: "Manchester Siti" - "Tottenxem" 4:3 (video)

18 apr, 08:53 2 940 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Gvardiola jamoasi autda: "Manchester Siti" - "Tottenxem" 4:3 (video) Yevropa Chempionlar ligasining 1/4 final javob bahsidan o‘rin olgan "Manchester Siti" – "Tottenxem" uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. "Etixad Stedium"da kechgan bahsda mezbonlarning qo‘li baland keldi.

Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridanoq gollar-shousi boshlanib ketdi. 4-daqiqada Kevin De Bryuynedan uzatma qabul qilib olgan Raxim Sterling jarima maydoniga kirib keldi va chiroyli zarba bilan hisobni ochdi.

Biroq oradan uch daqiqa o‘tib Son Hin Min muvozanatni tikladi, Emerik Laport to‘pni qaytarishda xatoga yo‘l qo‘ydi, bu xatoni koreyalik futbolchi kechirib o‘tirmadi. Oradan yana uch daqiqa o‘tib, ya’ni 10-daqiqada mezbonlar markazda to‘pni yo‘qotishdi, natijada yuzaga kelgan qarshi hujumni Son chiroyli gol bilan yakunladi.

"Shaharliklar" bu gollarga bir daqiqa o‘tiboq javob qaytarishdi, Serxio Aguerodan uzatma qabul qilib olgan Bernardu Silva darvoza tomon zarba berdi, to‘p himoyachi va posbonga tegib darvozadan joy oldi.

21-daqiqada mankunianlar uchinchi to‘pni ham kiritishdi, de Bryuyne o‘ng qanotdan jarima maydoni tomon yerlatib uzatma berdi, uni o‘tkir burchakda turgan Sterling gol bilan yakunladi.

Ikkinchi bo‘limni mezbonlar qator hujumlar bilan boshlashdi, ketma-ket urinishlar 59-daqiqaga kelib o‘z samarasini berdi. Yana de Bryuyne ajoyib harakatlari bilan himoyachilarni ortda qoldirdi va Agueroni qulay imkoniyatga chiqardi. Argentinalik futbolchi o‘z imkoniyatini ko‘kka sovurmadi.

Mezbonlar o‘zlari uchun kerakli bo‘lgan hisobga erishgach o‘yin tempini biroz pasaytirishdi va buning uchun jazolanishdi. 73-daqiqada Fernando Lorente burchakdan uzatilgan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi.

Qolgan daqiqalarda maydon egalari harchand urinishmasin boshqa to‘p kirita olishmadi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Sterling beshinchi golni urgandi, biroq videotakrorlardan so‘ng ofsayd borligi ma’lum bo‘ldi.

Shu tariqa, “Tottenxem” safarda urilgan gol hisobiga yarim finalga yo‘l oldi. “Man Siti” esa bu safar ham musobaqadagi yurishini erta yakunladi.

Chempionlar ligasi
Chorak final, javob bahsi
Manchester Siti Angliya – Tottenxem Angliya 4:3 (2:2, 2:1)
Gollar:
1:0 – 4 Sterling, 1:1 – 7 Son Hin Min, 1:2 – 10 Son Hin Min, 2:2 – 11 Bernardu Silva, 3:2 – 21 Sterling, 4:2 – 59 Aguero, 4:3 – 73 Lorente.
Manchester Siti – Ederson, Kompani, Mendi (Sane, 84), Uoker, Laport, Silva (Fernandino, 63), Gyundogan, Bernardu Silva, de Bryuyne, Sterling, Aguero.
Tottenxem – Loris, Alderveyreld, Rouz, Tripper, Vertongen, Eriksen, Vanyama, Lukas Moura (Devis, 82), Sissoko (Lorente, 41), Alli, Son Hin Min.
Ogohlantirishlar: Sissoko (41), Son Hin Min (48), Rouz (54), Vanyama (77).
Ilk o‘yin – 0:1




Mavzuga oid yangiliklar
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 0
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 0
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 3
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video) 05 мая, 09:51 9
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 136
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 67
  • So'nggi yangiliklar
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 0
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 1
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 0
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 3
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video) 05 мая, 09:51 9
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 83
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 136
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 67
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 42
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 98
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 77
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video) 05 мая, 05:12 42
  • Bo‘limlar