“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 13:50
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonlik kursant MMA kamari uchun jang olib boradi (foto)

07 apr, 15:10 3 644 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonlik kursant MMA kamari uchun jang olib boradi (foto) Bugun, 7 aprel kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahridagi «Archa-beshik» sport majmuasida aralash kurashlarning MMA yo‘nalishi bo‘yicha «Batir bashi» IV etno turniri Gran-prisiga start beriladi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qilishicha, unda O‘zbekiston Qurolli Kuchlar akademiyasining 4-bosqich kursanti Bekzod Nurmatov ham 84 kg vazn toifasida ringga chiqadi.

6 aprel kuni sportchilarning vaznini o‘lchash va ularni yuzlashtirish marosimi o‘tkazildi.

84 kg vaznlilar o‘rtasida mazkur chempionlik kamari uchun jami 4 nafar sportchi – O‘zbekistondan Bekzod Nurmatov va Abdulaziz Utamurodov, Qirg‘izistondan Jakip Tuganbayev va Qodir Kurstan o‘g‘li chempionlik kamari uchun jang qiladi. Janglar Qirg‘iziston vaqti bilan soat 18.00da boshlanadi.

Oktagonda Bekzod Nurmatovga Jakip Tuganbayev, Abdulaziz Utamurodovga esa Qodir Kurstan o‘g‘li raqib bo‘ladi. Bu qarama-qarshiliklarda ustun kelgan ikki sportchi chempionlik kamari uchun kurash olib boradi.

Shu yilning mart oyida Moskva shahrida joylashgan «Lujnikov» Kichik arenasida «A.A. Xarlampiyev memoriali» nomi ostida o‘tkazilgan sambo bo‘yicha Jahon kubogida 82 kg vazn toifasida jang olib borgan Bekzod Nurmatov finalda rossiyalik raqibi Aslanbek Kodzayevga yutqazgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi 05 мая, 13:49 0
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 0
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 9
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 30
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 26
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 49
  • So'nggi yangiliklar
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 0
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 0
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 1
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 18
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 9
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 48
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 29
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 30
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 26
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 49
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video) 05 мая, 09:51 61
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 139
  • Bo‘limlar