“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 21:46
ЎЗO‘Z

“Sharja” klubi Shukurovga oʻziga xos usulda sogʻlik tiladi

28 mar, 18:05 3 647 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Sharja” klubi Shukurovga oʻziga xos usulda sogʻlik tiladi Oʻzbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisi Otabek Shukurov hafta boshida Xitoyga qarshi oʻyinda jarohat olganidan soʻng uni qoʻllab-quvvatlaganlarga minnatdorchilik bildirdi.

«Alhamdulillah. Men uchun qaygʻurib, qoʻllab-quvvatlab turgan barchaga cheksiz rahmat.
Bu – futbol, jarohatlar esa uning bir qismi. Hali oyoqqa turib, yana ham kuchliroq boʻlib qaytaman.
Jamoam @SharjahFC esa mening yoʻqligimni bildirmaydi va biz oxirigacha kurashamiz. Insha Allah», – deb yozdi Shukurov Twitter sahifasida.

Otabekning klubi “Sharja” uning bu tvitiga javoban tezroq sogʻayib ketishini tilab, post yozdi. “Biz oxirigacha kurashamiz” deyilgan postga BAA jamoasi quyidagi suratni ilova qilgan.

Alhamdulillah.
I admire very much everyone who cares and supports me.
That's football and injuries are part of it. I'll get well soon and come back stronger.
My @SharjahFC is not a one-man-team and we'll always fight till the end with/without me.
Insha Allah.

— Otabek Shukurov (@OShukurov19) March 27, 2019

Eslatib oʻtamiz, 22 yoshli xavbek 25 mart kuni Xitoyning Nanning shahrida “China Cup” musobaqasining 3-oʻrni uchun mezbonlarga qarshi kechgan bahsning (1:0) birinchi boʻlimida jarohat olgandi. Natijada u shifoxonaga olib ketilgan, oʻng oyogʻi boldir suyagi pastidan singani maʼlum boʻlgach, gips qilingandi. Endi u ikki oy maydonga tusha olmaydi.

Avvalroq Otabekning jarohat olishiga sababchi boʻlgan xitoylik hujumchi Vei Shixao uni koʻrgani Oʻzbekiston milliy jamoasi joylashgan mehmonxonaga borgani xabar qilingandi. Maʼlum boʻlishicha, Shixaoning klubi “Guanchjou Evergrand” uni bu harakati uchun bir oyga jamoadan chetlatish bilan jazolagan. U fevral oyida shu klub safiga oʻtgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 0
  • Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi 05 мая, 20:13 0
  • Shomurodov o‘z nomini tarixga muhrladi 05 мая, 20:03 3
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 91
  • Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi 05 мая, 13:49 65
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 27
  • So'nggi yangiliklar
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 0
  • Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi 05 мая, 20:13 0
  • Shomurodov o‘z nomini tarixga muhrladi 05 мая, 20:03 1
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 5
  • Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir» 05 мая, 19:13 4
  • Turkiyaning kutilmagan qadami: Isroil bilan savdo to‘xtatilgani nimani anglatadi? 05 мая, 18:44 44
  • Xalqaro moliya bozori sharhi: oltin va neft arzonlashdi 05 мая, 18:15 11
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 21
  • Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar 05 мая, 17:20 125
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 26
  • Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi 05 мая, 16:30 62
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 33
  • Bo‘limlar