“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 07:54
ЎЗO‘Z

“Manchester Yunayted” klubi Sulsher bilan uch yillik shartnoma imzoladi

28 mar, 15:05 2 949 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Manchester Yunayted” klubi Sulsher bilan uch yillik shartnoma imzoladi Ole-Gunnar Sulsher “Manchester Yunayted”ning doimiy asosdagi bosh murabbiy etib tayinlandi. Klub rasmiy saytida maʼlum qilinishicha, norvegiyalik mutaxassis bilan 3 yillik shartnoma imzolangan.

“Kelganimning birinchi kunidayoq men uchun alohida ahamiyatga ega klubda, oʻz uyimda ekanimni his qilgandim. «Manchester Yunayted” futbolchisi boʻlish va keyin shu klubda murabbiylik faoliyatimni boshlash men uchun sharaf edi. Oxirgi bir necha oy davomida qiyosi yoʻq kechinmalarni boshdan oʻtkazdim. Barcha murabbiylar, futbolchilar va xodimlarga hozirgacha qilgan mehnatlarimiz uchun tashakkur aytmoqchiman.

Men bu vazifada ishlashni doim orzu qilganman. Klubni uzoq muddat boshqarish imkoniyatga ega boʻlayotganimdan behad mamnunman. Umid qilamanki, muvaffaqiyatlarimiz davomli boʻladi, chunki muxlislarimiz shunga munosib», – deya aytib oʻtgan Sulsher.

Klub ijrochi direktori Ed Vudvordning soʻzlariga koʻra, ushbu qarorga kelishda murabbiy qayd etgan natijalar muhim ahamiyat kasb etgan. “Koʻrsatilgan oʻyin va qayd etilgan natijalardan tashqari, Ole klubda ham futbolchi, ham murabbiy sifatida boy tajribaga ega. Unda yosh futbolchilarga imkoniyat berish istagi bor, shuning barobarida klub anʼanalarini juda yaxshi biladi. Bularning barchasi u «Manchester Yunayted”ni olgʻa boshlay oluvchi inson, toʻgʻri tanlov ekanini koʻrsatadi», – degan u.

46 yoshli Sulsher “qizil iblislar”ni 2018 yil dekabr oyida Joze Mourinoning isteʼfosidan soʻng qabul qilib olgandi. Uning qoʻl ostida jamoa hozirgacha 19 ta oʻyinda maydonga tushishdi va ularning 14 tasida gʻalaba qozonib, 2 ta durang va 3 ta magʻlubiyat qayd etishdi.

Maʼlumot uchun, Ole-Gunnar 1996-2007 yillarda “MYU”ning hujum chizigʻida toʻp tepgan, 235ta oʻyinda 91ta gol muallifi boʻlgan. U murabbiylik faoliyatini 2008 yilda “Yunayted”ning oʻrinbosarlar jamoasini shugʻullantirishdan boshlagan. 2011-2014 va 2015-2018 yillarda “Molde”, 2014 yilda “Kardiff Siti”da bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritgan. “Molde” ustozi sifatida ikki marotaba Norvegiya chempionati va bir marta kubogida bosh sovrin sohibi boʻlgan.

Eslatib oʻtamiz, “Manchester Yunayted” oxirgi ikkita oʻyinida magʻlubiyatga uchradi. Dastlab APLda asosiy raqobatchilaridan biri “Arsenal”ga yengilgan (0:2) jamoa shundan soʻng “Vulverhempton”ga yutqazib (1:2), Angliya kubogidagi yurishini chorak finalda toʻxtatdi. Premyer-ligada klub 30-turdan keyin 5-oʻrinda bormoqda. Jamoani YECHLga yoʻllanma beruvchi 4-pogʻonadagi “Arsenal”dan 2 ochko, 3-oʻrindagi “Tottenhem”dan 3 ochko ajratib turibdi.

Mankunianliklar 30 mart, shanba kuni “Uotford”ni qabul qiladi. Sulsher jamoasini aprelda YECHL 1/4 finali doirasida “Barselona” bilan toʻqnashuvlar, ichki chempionatda esa “Manchester Siti” va “Chelsi”ga qarshi bahslar kutmoqda.
Manchester Yunayted, Sulsher, shartnoma




Mavzuga oid yangiliklar
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 1
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 35
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 32
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 99
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 53
  • Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi 05 мая, 20:13 59
  • So'nggi yangiliklar
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 1
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 78
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 20
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 87
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 35
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 32
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 99
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 91
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 33
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 76
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 54
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 53
  • Bo‘limlar