“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 11:39
ЎЗO‘Z

Bahodir Jalolov aprel oyida navbatdagi jangini oʻtkazadi

26 mar, 10:00 3 202 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bahodir Jalolov aprel oyida navbatdagi jangini oʻtkazadi Professional boksning super ogʻir (+90,7 kg) vazn toifasidagi ringga koʻtarilayotgan oʻzbekistonlik sportchi Bahodir Jalolov (5-0, 5 KO) aprel oyida navbatdagi jangini oʻtkazadi.

“10 aprel kuni keyingi jangimni oʻtkazishni reja qilganmiz. Hozircha promouterlarim jang boʻlib oʻtadigan manzil va raqib boʻyicha muzokaralar olib borishmoqda. Imkon qadar reytingi baland bokschiga qarshi jang qilmoqchiman”, deya Jalolovning soʻzlarini keltirgan GoSport.uz.

10 aprel kuni Nyu-Yorkdagi “Sony Hall” saroyida boʻlib oʻtadigan boks kechasida professional boksning super yarim oʻrta (-69,85 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan yana bir oʻzbekistonlik bokschi Xurshidbek Normatov (7-0, 3 KO) ham navbatdagi jangini oʻtkazadi.

Normatov 6 raundlik jangda ishtirok etsa, Bahodir Jalolov 8 raundlik jang oʻtkazishni rejalashtirgan. Hozircha ikkala bokschining ham raqiblari maʼlum emas.

Eslatib oʻtamiz, Jalolov soʻnggi marta 15 mart kuni (Toshkent vaqti bilan 16 mart) Kaliforniyada Villi Harveyga (3-2-1, 3 KO) qarshi ringga chiqib, 2 raundda texnik nokaut evaziga gʻalaba qozongandi. Normatov soʻnggi marta 2018 yilning 21 iyul kuni amerikalik Aleks Gaytanga (5-2, 2 KO) qarshi ringga chiqib, raqibini 6-raundda nokautga uchratgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 159
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 127
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 320
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 144
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 293
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 144
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 4
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 33
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 75
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 44
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 44
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 159
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 66
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 127
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 74
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 320
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 144
  • Bo‘limlar