“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 10:40
ЎЗO‘Z

Manuel Yanser: “Oʻzbekiston terma jamoasidan taklif boʻlsa bajonidil oʻynardim” (video)

25 mar, 12:30 4 325 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Manuel Yanser: “Oʻzbekiston terma jamoasidan taklif boʻlsa bajonidil oʻynardim” (video) Kelib chiqishi oʻzbekistonlik boʻlgan Manuel Yanser haqida eshitganmisiz?

Yanserning otasi tomondan qarindoshlari Oʻzbekistonda tugʻilgan. Ayni paytda futbolchi Germaniya uchinchi Bundesligasida Braunshveygning “Ayntraxt” klubida toʻp tepmoqda. championat.asia saytining Germaniyadagi muxbiri Miron Goyxmann Yanser bilan intervyu tashkil qildi.

- Manuel, Oʻzbekistonda sizni “oʻzimizdan” deb aytishadi. Bu mamlakat haqida qanday fikrdasiz?
- U yerda men haqimda bilishlaridan xursandman. Ota-onam Germaniyaga Oʻzbekistondan koʻchib kelishgan, bu ularning Vatani, Oʻzbekistonda katta akam tugʻilgan. Oʻzim Germaniyada tugʻilgan boʻlsam ham, Oʻzbekiston men uchun qadrli yurt. Ota-onam yashashgan Chirchiq yaqini haqida koʻp gapirib berishardi. U yerda faqat bir marta boʻlganman. Ammo oʻshanda ancha yosh edim va koʻp narsani eslay olmayman. Oʻzbekistonga yana borishni orzu qilaman.

- Siz fuqarolik olib, Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynashingiz ham mumkin.
- Balki. Soʻnggi paytlarda jarohatlar girdobida qolib ketdim va oʻzim istagandek oʻynay olmayapman. Ammo hozir toʻliq tayyor boʻldim. Sogʻligim bilan muammo boʻlmasa va Oʻzbekiston terma jamoasi murabbiylari meni chaqirishsa, albatta xursandchilik bilan oʻynardim.

- Demak, Oʻzbekiston terma jamoasini kuzatib borayapsizmi?
- Ayni paytda jamoani mashhur Ekton Kuper boshqarayotganini bilaman. Osiyo Kubogidagi bir nechta oʻyinlarni tomosha qildim. Ammo terma jamoa aʼzolari Yevropada deyarli oʻynashmaydi va ularni u qadar yaxshi bilmayman.

- “Shtutgart” klubi tarbiyalanuvchisiz va oʻz paytida Germaniya oʻsmirlar terma jamoasida oʻynagansiz...
- Ha, bu toʻgʻri. “Oberkoxen” bolalar futbol maktabiga borganman. U yerda meni “Shtutgart” murabbiylari chaqirishgan. Germaniya U-17 terma jamoasi safida Yevropa chempioni boʻlganman. Keyinchalik Germaniya milliy terma jamoasida oʻynab ketishimga jarohatlar xalal bergan. Shu kunga qadar “Shtutgart-2”, “Xeydenxaym”, “Xolsten Kil” klublarida oʻynadim. Bu mavsum Braunshveygning “Ayntraxt” klubiga koʻchib oʻtdim. Hozir bu klub uchinchi Bundesligada oʻynayapti. Qishki transfer oynasi vaqtida jamoa ancha kuchayib oldi. Men faqat zaxiradan maydonga tushayotgandim, faqat soʻnggi turda asosiy tarkibda oʻynadim.

- Siz juda ham kulguli video “qahramoni”ga aylandingiz...
- Ha, kutilmagan holat boʻldi. Oʻzim 100 foizli imkoniyatdan foydalana olmadim, keyin sherigim tepgan toʻp menga tegib maydonni tark etdi. Ammo muhimi oʻsha bahsda ochko qoʻlga kiritdik. Gollarni esa hali koʻp uraman.

- Sababi hujumkor oʻynchisiz...
- Ha, odatda chap qanot yarim himoyasida oʻynayman, baʼzida hujumda. Shunday ekan raqib darvozasi oldida hujum tashkil etish va gol urish mening asosiy vazifam.
Miron Goyxman suhbatlashdi




Mavzuga oid yangiliklar
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 24
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 80
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 66
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 58
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 173
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 79
  • So'nggi yangiliklar
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 17
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 21
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 24
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 18
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 80
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 199
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 31
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 170
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 66
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 58
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 172
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 154
  • Bo‘limlar