“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher jamoadagi faoliyati haqida gapirdi.
“Hozirgi faoliyatimni oldinlari har doim oʻylardim. Yoshligimda murabbiy boʻlishni orzu qilardim. Bu klubda qaror chiqaradigan inson sifatida boʻlish men uchun katta gʻurur. Butun hayotim davomida shunga tayyorlanganman. Bu menga kuch beradi, asosiysi bu barchaga yoqmoqda. Manchesterda boʻlish juda yoqimli”, - dedi norvegiyalik.