“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 05:22
ЎЗO‘Z

“Barselona” oʻzida “Rayo Valyekano” ustidan irodali gʻalabaga erishdi (video)

10 mar, 10:15 3 410 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Barselona” oʻzida “Rayo Valyekano” ustidan irodali gʻalabaga erishdi (video) Ispaniya chempionatining 27-turidan oʻrin olgan “Barselona” – “Rayo Valyekano” uchrashuvi oʻz nihoyasiga yetdi. “Kamp Nou”da boʻlib oʻtgan bahsda mezbonlar irodali gʻalabani qoʻlga kiritishdi.

Uchrashuv katalonlarning hujumlari bilan boshlangan boʻlsada, birinchi boʻlib hisobni ochish mehmonlarga nasib etdi. 24-daqiqada Raul de Tomas madridliklarni oldinga olib chiqdi.

Shundan soʻng tashabbus butkul maydon egalari tomoniga oʻtdi. 39-daqiqada Xerard Pike muvozanatni tiklashga muvaffaq boʻldi. Ikkinchi boʻlim debyutida katalonlar penalti ishlab olishdi, uni Lionel Messi aniq bajarib, jamoasini oldinga olib chiqdi.

Qolgan vaqtda mezbonlar oʻyinni nazorat qilishdi va 82-daqiqada oʻyinga nuqta qoʻyishdi. Luis Suares jamoasining chiroyli kombinatsiyasini gol bilan yakunladi.
Shu tariqa, “Barselona” ochkolarini 63 taga yetkazib olgan holda yakka peshqadamlikda davom etmoqda.

La Liga, 27-tur
Barselona – Rayo Valyekano 3:1 (1:1, 2:0)
Gollar:
0:1 – 24 de Tomas, 1:1 – 38 Pike, 2:1 – 51, penalti Messi, 3:1 – 82 Suares.
Barselona – ter Stegen, Pike, Nelson Semedu, Alba, Umtiti, Artur (Dembele, 46), Vidal, Buskets (Malkom, 85), Koutino (Rakitich, 80), Suares, Messi.
Rayo Valyekano – Dimitriyevski, Galves, Advinkula, Velaskes, Moreno, Garsiya (Embarba, 80), Imbula, Bebe, Komesanya, Amat (Poso, 64), de Tomas.
Ogohlantirishlar: Velaskes (68), Buskets (79).

Manba: www.uff.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 0
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 124
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 88
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 330
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 78
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 61
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 42
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 124
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 41
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 47
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 88
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 41
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 91
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 86
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 126
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 330
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 164
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 31
  • Bo‘limlar