“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 04:49
ЎЗO‘Z

“Coca Cola” 2019 yil uchun Superliga hamda Oʻzbekiston kubogining titul homiysiga aylandi

05 mar, 19:30 3 702 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Coca Cola” 2019 yil uchun Superliga hamda Oʻzbekiston kubogining titul homiysiga aylandi Bungacha Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Pepsi bilan muzokara olib borgan hamda ikki tashkilot oʻrtasidagi shartnoma bugun — 5 mart kuni imzolanishi kerak edi. Bungacha ham Coca Cola kompaniyasi PFL bilan muzokara oʻtkazgandi. Taklif nisbatan yaxshiroq boʻlganiga qaramay, PFL 2018 yilgi homiy — Pepsi variantini maʼqulroq deb topdi.

Biroq kecha — 4 mart kuni Coca Cola oʻz taklifini oʻzgartirdi. Bu taklif Professional futbol ligasi uchun oldinga tashlangan qadam boʻlishi mumkin edi. Unga koʻra, kompaniya nafaqat Superliga, balki Oʻzbekiston kubogi musobaqasi uchun ham homiylik qiladi. Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy mavsumda Professional futbol ligasi Superliga klublari uchun badal pullarini oshirmadi. Qoʻshimchasiga, hakamlar, inspektorlar hamda komissarlar uchun barcha sarf-xarajatlarni oʻz boʻyniga oldi. Shuningdek, Superliga klublari futbolchilarining har biriga oʻz yonidan chiqim qilib, 10 million soʻmlik sugʻurta polislari olish imkoniyatini yaratdi.

“Professional futbol ligasi Pepsi bilan hamkorlikni qadrlaydi. Mazkur kompaniya bizning tashkilot uchun juda katta yordam berdi va oʻzaro hamkorlik davomida oʻzining professional dastur hamda yoʻnalishlari bilan ijobiy taassurot qoldirdi, marketing yoʻnalishlari bilan oʻrnak boʻla oldi. Oʻzining iqtisodiy koʻrsatkichlarini yildan-yilga yaxshilab borishni niyat qilayotgan Professional futbol ligasi 2018 yilgi mavsumdagi hamkorlik uchun Pepsi kompaniyasiga oʻz minnatdorchiligini bildiradi va kelajakda ham oʻzaro hamkorlik uchun tayyorligini maʼlum qiladi. Pepsi Superliganing ilk titul homiysi sifatida tarixda qoladi“, deyiladi PFL bayonotida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 23
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 23
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 73
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 43
  • Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi 05 мая, 20:13 56
  • Shomurodov o‘z nomini tarixga muhrladi 05 мая, 20:03 280
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 36
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 12
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 49
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 23
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 23
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 73
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 67
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 18
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 59
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 48
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 43
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 95
  • Bo‘limlar